Fojia 1 may kuni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida sodir bo'ldi. «Dehqonobod-Boysun-Qumqo'rg'on» yo'nalishi bo'yicha harakatlanayotgan poezd relslardan chiqib ag'darilib ketdi. Hozirgi paytda jabrlanganlar, halok bo'lganlar haqida ma'lumot berilmagan. Shu haqda «O'zbekiston temir yo'llari» aksiyadorlik kompaniyasidagilar rasman ma'lum qilishgan. Kompaniya matbuot xizmati vakillarining ta'kidlashicha, to'liq ma'lumot olishlari bilan darhol xabar berisharkan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 03.05.2019 | Комментарии (0)

03.05.2019 в 07:18
close