1996-yilda tug‘ilgan D.M otasi B.Q. bilan janjallashib qolib, oshxona pichog‘i bilan unga tashlandi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi ma’lum qildi.

B.Q. olgan og‘ir tan jarohati oqibatida tuman tibbiyot birlashmasida vafot etdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangibozor tuman sudi raisi Sh.Xo‘janiyozov raisligida o‘tkazilgan sud muhokamasida ushbu jinoiy ish ko‘rib chiqildi. Sudlanuvchi D.M.ning ayolligi, yoshligi, turmushga chiqmaganligi, marhum otasining qiziga nisbatan nojo‘ya xatti-harakatlari va shu bilan bog‘liq oilasidagi nosog‘lom muhitning ta’siri inobatga olinib, unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 28.04.2019 | Комментарии (0)

28.04.2019 в 13:08
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Pekinda xitoylik taniqli kinoaktyor Jeki Chan bilan uchrashdi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.

Muloqot chog‘ida Nazarboyev Jeki Channing dunyo kinosidagi salmoqli o‘rnini e’tirof etdi va u bilan uchrashganidan mamnun ekanligini bildirdi.

Jeki Chan o‘zining ijodiy rejalari, kino sanoati sohasida qo‘shma loyihalar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ma’lumot uchun, Jeki Chan 2017-yil yozida Qog‘og‘istonda bo‘lgan va Xitoy kinosi kunlarida ishtirok etgandi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 28.04.2019 | Комментарии (0)

28.04.2019 в 13:04
close