Пт, 15.11.2019, 21:25
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2741]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 267
Мини-чат
Статистика


Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga qarashli “Speedtest.net” internet-servisi Speedtest Global Index har oylik reytingni e’lon qildi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

Unda 2019-yil yanvar oyi yakunlari bo‘yicha butun dunyo bo‘yicha mobil va simli internet tezligi bo‘yicha ma’lumotlar chop etildi.

Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston 137 davlat ichida 129-o‘rinni egalladi (8,80 Mbit/s). Bu o‘tgan yil so‘nggidagi ko‘rsatkichdan 18 pog‘ona pastroq sanaladi. Simli internet tezligi bo‘yicha mamlakat 177 davlat orasidan 131-pog‘onada qayd etildi (11,31 Mbit/s). Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston naq 23-o‘rin pastga tushib ketdi.

Qayd etib o‘tish kerak, mazkur kompaniya yangi yildan reytingga shu paytgacha ro‘yxatga kiritilmagan davlatlarni ham qo‘shgan. Bu o‘z navbatida O‘zbekistonning p ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 18.02.2019 | Комментарии (0)

18.02.2019 в 19:46
Turkiyalik mashhur aktyor va model Burak O‘zchivit O‘zbekistonga kelganligi haqida xabar bergan edik. Sputnik yozishicha, aktyor Toshkentga aynan muxlisalari bilan ziyofatda ishtirok etish uchun kelgan.

Ular orasida O‘zbekistondagi nufuzli shaxslarning rafiqalari, biznes-ledilar, model biznesi vakilalari ham bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, o‘z iste’dodini qadrlovchi ayollar bilan 2,5 soatlik muloqoti evaziga u 2 million turk lirasi (qariyb 380 ming dollar) pul ishlab olgan.

Aktyor O‘zbekiston unga juda yoqqanini, u yerda ko‘plab xushmuomala va mehmondo‘st kishilarni uchratgani, shu sababli albatta u yerga qaytib borishini aytgan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 18.02.2019 | Комментарии (0)

18.02.2019 в 19:40
Dunyo olimlari barcha sevib chaynaydigan saqichlar ustida izlanishlar olib borishdi. Ular izlanishlar davomida saqich tarkibidagi xuddi konfet va gazli ichimliklarda mavjud bo'lgan oziq-ovqat kislotasiga alohida e'tibor qaratishdi. Xuddi o'sha saqichga nordonlik baxsh etuvchi oziq-ovqat kislotasi tishlarimizni eroziyaga duchor etib, tish himoya emalini yo'q qila boradi. Oqibatda tishlar kariesdan o'n chandon xavfliroq xastalikka chalinadi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 18.02.2019 | Комментарии (0)

18.02.2019 в 18:22
Moskvaning Volgograd ko'chasida avtomobillarni yuvish shaxobchasida ishlaydigan ishchilar o'rtasida mushtlashuv sodir bo'ldi. 10 nafar yurtdoshimiz ishtirok etgan mazkur hodisa oqibatida ikki nafar odam jarohat oldi.

Surishtiruvlardan ma'lum bo'lishicha, qarshi tomon bir yigitning ukasini qattiq haqorat qilgan.

Afsuski, ushbu baxtsiz hodisa oqibatida pichoq zarbidan 29 yoshli bir yurtdoshimiz o'sha joyning o'zida jon taslim qildi. Yana bir yigit esa kasalxonada jon bergan.

Begona yurtda bir-birining joniga ora kirish o'rniga jonlariga qasd qilishsa-ya. Uyat!
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 18.02.2019 | Комментарии (0)

18.02.2019 в 18:18
Ayollarga hurmat, izzat bilan muomala qilish kerakligi barchaga ma'lum. Biroq o'zlarini kuchli va zo'ravon deb sanaydigan ayrim kimsalar kuchini kelib-kelib zaifa ayollarga ko'rsatadi.

Masalan, Buxoro viloyatining Kogon shahrida yashovchi bir erkak ham mast holda tanishining uyida janjal chiqarib, Xalqlar Do'stligi ko'chasida yashagan bir ayolni rosa tepkilagan. Shu darajada ayovsiz tepkilaganki, bu zarbalar natijasida ayol voqea joyida halok bo'lgan.

O'zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, jinoyatchi darhol qo'lga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 18.02.2019 | Комментарии (0)

18.02.2019 в 18:16
Toshkent shahrida 9-fevral kuni 215-maktabning 11-sinf o'quvchisi B.X o'zaro kelishmovchilik sababli sinfdoshi J.N.ga oshxona pichog'i bilan zarba bergan.

Pichoq esa J.N.ning qorin bo'shlig'iga sanchilib, oshqozon osti beziga qadalgan.

Natijada J.N. qorin bo'shlig'iga kirib-boruvchi, oshqozon osti bezini sanchib-o'tuvchi jarohat bilan jarohatlangan.

7news.uz nashrining xabar berishicha, holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 18.02.2019 | Комментарии (0)

18.02.2019 в 18:15

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Февраль 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728
Reklama
Copyright MyCorp © 2019