Пт, 22.11.2019, 15:50
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2755]
Yangiliklar Foto [52]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 268
Мини-чат
Статистика


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri politsiyasi Finlyandiya vokzali yaqinidagi “Burger King” restoranida zo'rlangan 14 yoshli qizni izlamoqda.

5 fevral kuni qiz uyidan chiqib ketib, haligacha qaytmagan. Bu haqda uning 31 yoshli onasi politsiyaga xabar bergan.

Qonun himoyachilari 22 yoshli yigitning telefonidan qizning zo'rlanishiga oid videoni topgan. Bu yigit 7 fevral kuni “Burger King” restorani binosida qizga tajovuz qilgan. Aniqlanishicha, u qubonining hali voyaga yetmaganini bilgan. Hozirda unga qarshi jinoyat ishi ochilgan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 11.02.2019 | Комментарии (0)

11.02.2019 в 15:47
«Zo’r Tv»da «Hovli» seriali vaqti o'zgarganini ma'lum qilmoqda telekanal jamoasi. Endilikda serial dushanbadan-jumagacha soat 22:30 da namoyish etiladi. Bunga asosiy sabab, serial vaqtida bolalar ko'rishi man etilgan va ruhiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan kadrlarning mavjudligidir. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda ushbu serial haqida ko'plab tanqidiy fikrlar bildirilgan edi. Ushbu fikrlar inobatga olinib, serial vaqti uyqu paytiga to'g'irlanmoqda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 11.02.2019 | Комментарии (0)

11.02.2019 в 15:45
Mashhur turk aktrisasi Nursel Kyose Malatya shahrida tug'ilgan. U 17 yoshida Germaniyaga ko'chib ketib, u yerdagi Kyoln Universitetining arxitektura fakultetiga o'qishga kiradi. Tahsili davomida u pyesalar yozib, bir qancha teatr postanovkalarida rol ijro etgan.

Shuningdek u dugonasi bilan kabare-duet ham tashkil qilgan. Bu loyihada Kyose – ham rejissyor, ham aktrisa, ham qo'shiq muallifi bo'lishni uddalagan. Duet Germaniya bo'ylab o'z gastrol safarlarini ham uyushtirgan. Demak Kyoseni bemalol kabare yulduzi sifatida ham ta'riflasak bo'ladi.

Kinoaktrisa sifatida aktrisa rejissyor Buket Alakusning «Ona» hamda «Notanish liga» filmlarida ilk bor tanilgan.

O'zinin o'ttiz yillik faoliyati davomida Nursel Kyose 20dan ortiq filmlarda rol ijro etgan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 11.02.2019 | Комментарии (0)

11.02.2019 в 10:13
“Zo’r TV” telekanali orqali namoyish etilayotgan “Hovli” seriali ko'pchilikning qalbidan munosib o'rin egallab ulgurdi. Bugun serialning har bir qismini intiqlik bilan kutadigan muxlislarimizga bosh rollardan biri, Azrani gavdalantirgan akrisa Jeren Moray haqida ma'lumot bermoqchimiz.
Mashhur turk aktrisasi Jeren Moray 1985 yilning 5 iyunida Diyorbakir shahrida tavallud topgan. Uning otasi davlat xizmatida ishlagani bois oila Istambulga ko'chib kelishga majbur bo'lgan. Aynan Istambul shahrida Jeren o'rta maktab ta'limini oladi. Qizaloq kichkinaligidayoq aktrisa bo'lishni orzu qilgan va orzusi ortidan borib, “Pera Fine Arts” maktabida ilk aktyorlik sabog'ini oldi. 2005-2009 yillarda Jeren Moray “ Haliç University”da tahsilini davom ettiradi.

Jeren Moray debyut rolini 2003 yilda ekranlarga chiqqan «So'nggi nafasimgacha» mini serialida ijro etadi. Keyingi mini-serial – «Tog'a» uni mashhur qildi. Shu tariqa aktrisa serial olamiga shiddat bilan kirib keldi.
Jeren ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 11.02.2019 | Комментарии (0)

11.02.2019 в 10:10
“Hovli” serialida Denizning qizi Ejem rolini mahorat bilan ijro etgan Eslem Akar 1998 yilning 23 martida Istambul shahrida tavallud topgan. Turk kinosi ixlosmandlari uni «Hovli» hamda «4N1K» seriallari orqali yaxshi tanib qolishgan.
Eslem fransuz va ingliz tillarida bemalol gaplasha oladi. Bu go'zal qiz kinodagi faoliyatini 2011 yilda “Sen de Gitme” teleserialida boshlagan. Shundan so'ng uni “Hovli” serialiga chaqirishadi.

Xuddi shu yili Eslem «4N1K» serialida Es Kaplan rolida ham gavdalandi. Uning oxirgi ijro etgan roli shu yilning 7 fevralida ekranlarga chiqqan «Yolg'iz yurak» seriali bo'ldi. Unda Eslem bosh rollardan biri Denizni ijro etgan.
Eslem Akar sportning stol tennisi, konkida uchish, gimnastika, suzish va futbol turlari bilan shug'ullanadi.

Garchi “Hovli” serialida unga nisbatan tez-tez “Dunyo go'zali” ta'rifi ishlatilsa-da, Eslem bu unvonga hali erishgani yo'q. Lekin u betakror chiroyi bilan bu unvonga juda munosib! Fikrimga qo'shilas ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 11.02.2019 | Комментарии (0)

11.02.2019 в 10:08
Hozirgi kunda ko'pchilik ayollarning qalbidan munosib joy egallagan “Hovli” serialida qamoqxona mudiri Melis xonim rolini ijro etgan Deniz Barut 1983 yilning 29 martida Turkiyaning Izmir shahrida tug'ilgan. Uni o'ta ziyoli aktrisalardan deyish mumkin. Chunki Deniz Egey universiteti, Sport Akademiyasi hamda Bog'chashahar Universitetining “fotografiya va aktyorlik mahorati” fakultetlarini bitirib chiqqan.

Uni turkiyalik muxlislari aktrisa hamda boshlovchi sifatida yaxshi tanishadi.
Bo'yi – 1.80 santimetr, og'irligi esa 55 kg. Sochlari oltinrang kashtan rangida.
Deniz Barut “Lolalar”, “Hayotimiz o'z qo'limizda”, “Onalar va qizlar”, “Yo'qotilgan yillar” seriallarida suratga tushgan.
Telejurnalist sifatida esa “Yangiliklar”, “Xayrli tong, Turkiya” kabi ko'rsatuvlarni olib boradi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 11.02.2019 | Комментарии (0)

11.02.2019 в 09:46
2019 yil 9 fevral kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi, 14 yoshli o‘rta maktab o‘quvchisi F.T. (qiz) 3-qavatda joylashgan uyining deraza oynasi oldida mobil telefoni orqali o‘zini rasmga (selfi) tushirayotgan vaqtida ehtiyotsizligi sabab pastga tushib ketgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada F.T. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 11.02.2019 | Комментарии (0)

11.02.2019 в 07:21

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Февраль 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728
Reklama
Copyright MyCorp © 2019
Сделать бесплатный сайт с uCoz