3-fevral kuni soat taxminan 23:40 Mirobod tumanida joylashgan Sarikul ko‘chasida sodir bo‘lgan janjal mudhish yakun topdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd qilinishicha, ilgari sudlangan 22 yoshli Sulaymon S. va 19 yoshli Sergey F. bir qiz ustida talashib janjallashib qoladi. Shunda Sergey janjalda yordam so‘rab o‘rtoqlari 21 yoshli Serikbay K. va 16 yoshli Temur M.ni chaqiradi. Janjal natijasida Sulaymon S. Temurga pichoq urib voqea joyidan qochib ketadi. Tan jarohati olgan Temur M. shifoxonaga olib boriladi. Shifokorlarning urinishlariga qaramay, jarohatlarining og‘irligi sabab u vafot etadi.

Mazkur voqea yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (“Qasddan odam o‘ldirish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 04.02.2019 | Комментарии (0)

04.02.2019 в 20:42
close