2019-yilning 30-yanvar kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumani Taqachi ko‘chasida yashovchi S.B. uyida o‘zaro janjal tufayli birga yashagan otasining tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada ota kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 2-fevral kuni vafot etgan. S.B. qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 03.02.2019 | Комментарии (0)

03.02.2019 в 18:08
Toshkent viloyatida ikki yosh qiz yo‘qolib qoldi. Bu haqda IIV xabariga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

“2-fevral kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi fuqaro IIBga murojaat qilib, kuni kecha 11:30 da rafiqasi 20 yoshli Sevara Yusufahmedova dugonasi Muxlisa Muzaffarova bilan uning uyidan noma’lum yo‘nalishda chiqib ketib, qaytmaganligini ma’lum qildi”, — deb ta’kidlaydi IIV.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari qidiruv tadbirlarini o‘tkazmoqda. Surishtiruv olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 03.02.2019 | Комментарии (0)

03.02.2019 в 18:05
close