Пт, 22.11.2019, 16:21
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2755]
Yangiliklar Foto [52]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 268
Мини-чат
Статистика


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Tezkor tadbir davomida fuqarolar P.G. va G.P.lar o‘zlarining 3 oylik o‘g‘il farzandi M.ni fuqaro N.I.ga Mirzo Ulug‘bek tumani, A.Yugnakiy mavzesida 300 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan P.G. va G.P.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 31.01.2019 | Комментарии (0)

31.01.2019 в 12:13
Namanganda erini o‘ldirib kanalga oqizgan ayol va uning o‘ynashi qidirilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirish davomida quyidagilar aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, D.K. turmush o‘rtog‘i 1989-yilda tug‘ilgan N.Yu. bilan yaqin qarindoshi – amakisining o‘g‘li, 1992-yilda tug‘ilgan V.K. bilan o‘zaro ishqiy munosabatda bo‘lib kelganligidan shubha qilib, 18-yanvar kuni spirtli ichimlik ichib, turmush o‘rtog‘i N.Yu. bilan uyida o‘zaro janjallashgan.

Bundan xabar topgan V.K. telefon orqali D.K.ni o‘zini xonadoniga chaqirib, xolasining o‘g‘li T.M.ga temir boltani berib, D.K. kelib, janjal qilishi bilan uning bosh qismiga bolta bilan qasddan urishi haqida ko‘rsatma bergan.

18-yanvar kuni soat 21:30 larda D.K. amakisi X.K. uyiga kelib, turmush o‘rtog‘i N.Yu. va V.K. o‘rtasidagi ishqiy munosabatlarni X.K. bilan muhokama qilayotgan vaqtida V.K. ham janjalga aralashgan p ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 31.01.2019 | Комментарии (0)

31.01.2019 в 12:12
30-yanvar kuni Surxondaryo viloyat hokimligida Hindistonning “Alok Dizign Built” kompaniyasi direktori Alok Kumar Katare bilan bo‘lgan muloqotda Termiz City kompleksini bunyod etish yuzasidan kelishuvga erishildi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar berdi.

Kelishuvga ko‘ra, zamonaviy kompleks uchun shaharning Beruniy va Istiqlol ko‘chalari tutashgan bo‘sh yer maydonidan ajratilgan.

Muloqotda bu ishlar uchun “Alok Dizign Built” kompaniyasi 2019-yilning fevral oyida 60 million dollar miqdorida sarmoya kiritishi va qurilish ishlarini shu oyning o‘zida boshlab yuborishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Termiz City kompleksini bunyod etish ishlarini 2020-yil oxiriga qadar to‘liq yakunlash ko‘zda tutilgan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 31.01.2019 | Комментарии (0)

31.01.2019 в 12:10

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Январь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019
Сделать бесплатный сайт с uCoz