Пт, 22.11.2019, 15:48
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2755]
Yangiliklar Foto [52]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 268
Мини-чат
Статистика


O‘tgan yilning yanvar oyida Farg‘onada 11 oylik Azizbekning tanasidan 15 dona igna topilib, undan 11 donasi olib tashlangani xabar qilingandi. 9 soatlik murakkab operatsiya, ikki oylik muolajalardan so‘ng go‘dak sog‘lomlashtirilib, uyiga javob berilgandi. Bu haqda UZ24 yozmoqda.

“Davr” muxbirining xabar qilishicha, hozir Azizbek 1 yosh-u 8 oylik, uning ahvoli qoniqarli, doimiy ravishda mutaxassislar nazoratida.

Go‘dakning tanasida qolgan yana 4 dona ignani ham olib tashlash rejalashtirilmoqda. Ignalarning ikkitasi bo‘yinning 5-,6-,7- umurtqalari to‘g‘risida, bittasi 3- va 4- ko‘krak umurtqalari ro‘parasida yana bittasi 1- va 2- qovurg‘alar orasida joylashgan.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bu ignalar bola hayotiga xavf tug‘dirmaydi. Uning sog‘ligi to‘liq tiklangach, bahor oylarida qolgan ignalar olib tashlanadi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 18.01.2019 | Комментарии (0)

18.01.2019 в 20:40
2019/2020-o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida bir nechta oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirish imkoniyati beriladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Davlat dasturiga asosan 1-aprelga qadar abituriyentlarni bir vaqtning o‘zida bir nechta oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirish imkoniyati nazarda tutilgan qonun hujjati loyihasi ishlab chiqiladi.

Hujjatda shuniingdek abituriyentning sinov natijasi bo‘yicha olgan bali yetarli bo‘lmaganda, baliga qarab boshqa oliy ta’lim muassasasi (ta’lim yo‘nalishi)da o‘qish imkoniyatini berish, ushbu ta’lim muassasasi (ta’lim yo‘nalishi)ni tanlashning aniq muddati, ta’lim muassasasini tanlashning tartibi (imtihon fanlari bloki va ketma-ketligining mosligi) kabi masalalar ham qamrab olinadi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 18.01.2019 | Комментарии (0)

18.01.2019 в 20:37
O‘zbekistonda yangi hafta ob-havoning sovishi bilan boshlanadi. 20-yanvar, yakshanba kuni ob-havo haroratining pasayishi va yog‘ingarchilik — yomg‘irning qorga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.

Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, ob-havo 20-yanvar kuni soviydi. Yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik va haroratning kunduzi +2, +4 daraja, kechasi -2, -0 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Eng sovuq ob-havo Qoraqalpog‘istonda bo‘lishi ma’lum qilinmoqda. 20-yanvar kuni harorat -3, -8 darajagacha, 21—23-yanvar kunlari esa -7, -15 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

20-yanvar kuni respublika bo‘yicha o‘rtacha harorat kechasi -2, +3 daraja, kunduzi 0, +5 daraja iliq bo‘ladi, joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi bildirildi.

21—23-yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -5, 0 daraja sovuq, kunduzi 0, +5 da ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 18.01.2019 | Комментарии (0)

18.01.2019 в 20:37
Restoran, kafe va boshqa ko‘ngilochar obyektlarning tunda ishlashiga ruxsat beriladi. Bu 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida ko‘zda tutilgan, deb yozadi “Huquqiy axborot” Telegram-kanali.

Davlat dasturiga muvofiq 10-fevralga qadar restoran, kafe va boshqa ko‘ngilochar obyektlarda huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta’minlash talablari, ushbu ko‘ngilochar obyektlarni tungi paytda ishlash tartibi nazarda tutilgan maxsus hujjat loyihasi ishlab chiqilishi lozim.

Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 18.01.2019 | Комментарии (0)

18.01.2019 в 20:33

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Январь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019
Сделать бесплатный сайт с uCoz