Главная » 2017 » Октябрь » 9 » 2018 yildan boshlab paxta qo'lda terilmaydimi?
18:49
2018 yildan boshlab paxta qo'lda terilmaydimi?
O'zbekistonda qishloq xo'jalik mashinasozligi sohasida yil oxirigacha 100 million dollarlik loyihalar amalga oshiriladi. Bu haqda Bosh vazir o'rinbosari, «O'zagrotexsanoatxolding» boshqaruv raisi Nodir Otajonov 4 oktyabr kuni bo'lib o'tgan Oliy Majlis Senatining 12-yalpi majlisida aytib o'tdi, deb yozadi «Gazeta.ru».
Bundan tashqari, Toshkent qishloq xo'jalik texnikasi zavodi, Chirchiq qishloq xo'jalik texnikasi zavodi, agregat va texnologik zavodlar va boshqa korxonalar modernizatsiya qilinmoqda. Bu to'g'risida Daryo.uz ma'lum qildi.
«Bu yil 550 ta paxta terish mashinasi ishlab chiqarildi, shuning 500 tasi Turkmanistonga eksport qilindi. Kelasi yildan biz paxta terishni mexanizatsiyalashtirish uchun 3000 ta paxta terish mashinasini chiqarishni rejalashtirmoqdamiz», — dedi Nodir Otajonov.
3000 ta texnikaning 600 tasi eksport qilinadi, qolgan qismi birinchi navbatda, Sirdaryo, Toshkent va Jizzax viloyatlariga yo'naltiriladi. Qashqadaryo viloyatiga 100 ga yaqin mashina beriladi.
Butun respublika bo'yicha paxta terishni mexanizatsiyalashtirishni ta'minlash uchun kamida 14—15 mingta paxta terish mashinasini ishlab chiqarish talab etiladi, dedi Nodir Otajonov.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 439 | Добавил: Admin | Теги: 2018 yildan boshlab paxta qo'lda te | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz