Ma`lum bo`lishicha, yurtimiz kinoijodkorlari «Ahmadboy va Rahmatboy» nomli kinokomediyaga qo`l urishgan. Ushbu film barchaga mashhur o`sha firibgar Ahmadboy voqeasidan hikoya qiladimi? Ushbu savolga javob olish uchun kinoijodkorlarga murojaat qildik.

Film prodyuseri esa bu sirligini, film haqiqattan firibgarlik haqida bo`lib, bunga filmni ko`rgach muxlislarning o`zlari baho berib, nima haqidaligini bilib olishadi, deya javob bermoqda.

«Dilshoh media» kinokompaniyasi buyurtmasi bilan rejissyorlar Jur`at Sotiboldiev hamda Saidpo`lat Hakimovlar tomonidan suratga olingan mazkur super kinokomediyaning premera kuni ma`lum bo`ldi.

«Dilshoh media» kinokompaniyasi rahbari, film prodyuseri Mahmud Erkaboevning so`zlariga ko`ra, filmning suratga olish ishlari qishning eng sovuq kunlarida boshlangan bo`lib, uning premera kuni esa yoz faslining eng issiq kunlariga to`g`ri keldi. Film premerasi 13 iyul kuni Alisher Navoiy n ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: Admin | Дата: 10.07.2017 | Комментарии (0)

10.07.2017 в 16:26

O`zbekiston Davlat konservatoriyasining estrada yo`nalishi bo`yicha professori, taniqli bastakor Dilorom Omonullaeva aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedovaning ayblovlariga javob qaytardi.

“Sayyod.com”ga bergan intervyusida professor shunday deydi:

—Birinchidan men imtihon olayotgan paytim xonaga bir yigit bilan bostirib kirib kelib u yigit o`zini ‘O`zbeknavo’danman dedi, qaysidir bir bo`limi boshlig`idir debman, shu uchunam mayli tez qo`yib yuborarman, deb gaplashuvdim. Oqibatda u qiz judayam madaniyatsiz ekan. Avvalo men uni tinglab ko`rdim, ovozingizni ham tinglay dedim, u esa ‘Men mashhur aktrisaman, meni butun Respublika taniydi, men judayam mashhurman!’ deydi. Haligi birga kelgan yigit ham ‘Men ham mashhurman 50 ta qo`shig`im bor, 30 tasi klip bo`lgan’ degan gaplar. To`g`risini aytsam men bularni tanimadim ham. Qo`rs muomala ular tarfidan bo`ldi, ‘O`zbeknavo’danman deb kirib kelishida ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 10.07.2017 | Комментарии (0)

10.07.2017 в 16:12
Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedovaning Instagram sahifasiga joylashtirgan posti muhokamalarga sabab bo`ldi. Shahzoda mazkur posti orqali O`zbekiston Davlat konservatoriyasining estrada yo`nalishi bo`yicha professori, bastakor, bir necha taniqli xonandalar, jumladan Sevara Nazarxon va Sogdianalarni o`qitgan ustozi, Kumush Razzoqovaning o`chmas shlyagerlari muallifi Dilorom Omonullaevani “ruhiy kasal”, “manqurt” deb atadi.

“Konservatoriyaga xonanda Vohidjon Isoqov hujjat topshirgani borgan ekan, men ham hujjat topshirgani borib uni uchratib qoldim. U ham Dilorom Omonullaevani oldiga kirmoqchi ekan, birga kirdik. Ko`pchilik talabalar turgan ekan. Ochig`i, u ayol ertaklardagi salbiy qahramonlarga o`xshar ekan, tavba. Yoshlarga qilayotgan muomalasidan hayratlanasiz... Bu ayolning oldiga ustoz, deb kirsak teskari muomalaga duchor bo`ldik. Necha kungacha o`zimga kela olmayapman, uni muomalasidan. Bizdan tashqari yana boshqa abiturientlarga qo`pol muomalasidan hamma qo`rqyap ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 10.07.2017 | Комментарии (0)

10.07.2017 в 16:00
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, 11-iyuldan 1 AQSh dollari kursi 27,95 so‘mga oshadi va 4 014,50 so‘mni tashkil etadi.

Yevroning qiymati 33,44 so‘mga oshib 4 568,90 so‘mga yetadi, rubl esa 0,64 so‘mga pasayib 66,49 so‘mni tashkil qiladi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 10.07.2017 | Комментарии (0)

10.07.2017 в 15:29
Zarina Nizomiddinovaning Instagram’dagi obunachilari 1 millionga yetdi. Bu haqda MyDay xabar bermoqda.

1 millionlik ko‘rsatkich dastlab o‘zbek xonandalari o‘rtasida Shahzodada qayd etilgan edi. Keyinchalik aktrisa Asal Shodiyeva ham bu marrani zabt etgandi. Yaqinda esa xonanda Rayxon ham millionlik marraga yetdi. Endi esa latofatli aktrisa Zarina Nizomiddinovaning ham Instagram’dagi obunachilari soni 1 millionga yetdi. Aktrisa barcha muxlislariga minatdorchilik bildirdi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 10.07.2017 | Комментарии (0)

10.07.2017 в 15:20
close