Portugaliyalik gastroenterologlar G‘arb mamlakatlarida mashhur bo‘layotgan Yaponiya oshxnasiga tegishli sushi taomi parazitar infeksiyaning oshishini keltirib chiqarmoqda. Tegishli tadqiqot BMJ Case Reports jurnalida e’lon qilindi.

Chop etilgan maqolada mutaxassislar hayotiy misolni keltirgan. Bir hafta davomida isitma bilan kasallangan, qorin atrofidagi og‘riqlar va qayt qilish shikoyati bilan 32 yoshli erkak shifokorlarga murojaat qildi. Qon tahlili uning organizmida yallig‘lanish jarayonini aniqladi.

Dastlab bemorning kasalligi sababi nimada ekani noma’lum edi. Biroq erkak o‘zini yomon his qilishdan avval sushi tanovul qilganini aytdi. Shifokorlar bemorda anizakidoz – Anisakidae lichinkalari orqali yuzaga keladigan parazitlar kasalligi borligini taxmin qildi. Ushbu kasallik xom va kam tuzlangan baliq orqali organizmga tushadi.

Endoskopik kuzatuv jarayonida olimlar erkakning oshqozoni devorlaridagi yallig‘langan hududlariga parazit-qurt yopishib ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 12.05.2017 | Комментарии (0)

12.05.2017 в 12:09
Nyu-yorklik gulchi va dizayner Lyuis Miller bir necha oy davomida shaharga gulli kompozitsiyalarni joylashtirib chiqdi, buni u megapolisni his-tuyg‘ular yordamida jonlantirish maqsadida amalga oshirdi, deb yozadi TJournal.

O‘z kampaniyasi doirasida u ko‘chadagi haykallarni, shuningdek, oddiy axlat qutilarini gullar bilan bezatdi.



Kompozitsiyalar atirgul, kartoshkagul va orxideyalardan tashkil topdi, ammo tarkibi va hajmi bilan farqlandi.





Ba’zi guldastalar oddiy sotuvda 10 ming dollargacha ham turishi mumkin edi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: Admin | Дата: 12.05.2017 | Комментарии (0)

12.05.2017 в 11:11
Devid Bekxem rejissor Gay Richining “Qirol Arturning qilichi” filmida epizodik rol o‘ynadi, deb yozadi TJournal. Sobiq futbolchi kadrda bir-ikki daqiqa ko‘rinish berdi, ammo bir-ikki og‘iz so‘z aytishga ulgurdi.

Bekxemning roli juda kichik ekanligiga qaramay, uni teleboshlovchi Pirs Morgan mazax qildi. U bunday “yaxshi roli” uchun yosh aktyor “Oskar”ga loyiq ekanligini aytdi.

Sportchini tanqidchilar ham tanqid ostida qoldirdi: ularning aytishicha, grim tufayli uning yuzi “tosh kabi” bo‘lib qolgan, uning filmda paydo bo‘lishi esa Britaniya afsonalariga ko‘ra “ishonchsiz”.

Premyeradan so‘ng film rejissori Gay Richi uning yonini oldi va uni “ajoyib aktyor” deb atadi. Sportchining tasvirga olish maydonchasidagi hamkasbi, bosh rol ijrochisi Charli Xannem u “hayratlanarli tarzda rol bajargani”ni aytdi.

Bekxemning o‘zi esa epizodik rolini izohlar ekan, hozircha aktyor bo‘lish niyati yo‘qligini ta’kidladi.

Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 12.05.2017 | Комментарии (0)

12.05.2017 в 11:05

Xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi sahifasiga yozib qoldirgan so‘zlari “Darakchi.uz” nashrining e’tiborini tortdi.

Biz ko‘pincha ko‘ngilsizliklarda atrofimizdagi yaqin insonlarni ayblaymiz. Lekin bir narsani sira ham unutmasligimiz darkor, tushkun kayfiyatimizga atrofimizdagilarni mutloq aloqasi yo‘q. Yagona aybdor bu o‘zimiz, chunki biz qadrimizga yetmaydigan insonlarga ko‘proq mehr beramiz, qadrimizga yetadigan insonlarga esa e’tibor ham bermaymiz. Suyganimiz mehrsiz-u, suymaganimiz mehrli, biroq buni anglab yetmaymiz. E’tiborsizlar uchun har narsaga tayyormiz-u, biroq e’tiborlilar oldida e’tiborsizdekmiz.



Oqibatda esa qadrlaganimiz oldida shunchalar qadrsizlanamizki va bu tushkun kayfiyatda boshqa birovlarni ayblaymiz. Shu ham adolatdanmi? Axir, barchasiga faqat o&l ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 12.05.2017 | Комментарии (0)

12.05.2017 в 10:59
Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova Instagram’dagi sahifasiga yangi fotosuratlarini joyladi. “Darakchi.uz” yozishicha, mazkur suratlarda aktrisaning rassomlik va dizaynerlik sohasidagi faoliyatiga ko‘proq urg‘u berilgan.













Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: Admin | Дата: 12.05.2017 | Комментарии (0)

12.05.2017 в 09:12
close