NASA massasi va o‘z quyoshiga nisbatan joylashuvi bo‘yicha Yerga juda o‘xshash bo‘lgan yangi sayyora topilganini ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Uning kattaligi Yerniki bilan taxminan teng, o‘z quyoshigacha masofa esa — Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofa bilan bir xil.

OGLE-2016-BLG-1195Lb deb nom olgan sayyora Yerdan 13 ming yorug‘lik yili masofasida joylashgan. Uning yuzasi muz qatlami bilan qoplangan, harorati esa Plutondagidan pastroq. Unda suv va hayot mavjud bo‘lishi ehtimoli nolga teng.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 27.04.2017 | Комментарии (1)

27.04.2017 в 13:01
4-may kuni Toshkentda Alisher Navoiy qalamiga mansub “Farhod va Shirin” dostonining ukrain tilidagi tarjimasi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Uznews.uz” xabar bermoqda.

Marosimda ikki mamlakatning ilmiy xodimlari ishtirok etadi.

“O‘zbek adabiyotining rivoji va o‘zbek adabiy tilining shakllanishining muhim bosqichi Navoiydan boshlanadi. Buyuk shoir va mutafakkirning tili va yuksak adabiyoti jahon ijodiy intelligensiyasi orasidla o‘zbek xalqi haqida tasavvur uyg‘otadi” — ta’kidladi Ukraina milliy fanlar akademiyasi Ukrain tili instituti direktori Pavel Gritsenko.

1940-yillarda shoir Nikolay Bajan “Farhod va Shirin”ning uchdan ikki qismini ukrain tiliga o‘girgan edi. Ammo uning ishi ko‘p yillardan so‘ng yakuniga yetkazildi.

Ishlab chiqilgan format negizida kitobni ingliz va boshqa tillarda chop etish rejalashtirilmoqda.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 27.04.2017 | Комментарии (0)

27.04.2017 в 12:07
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalini yaratish uchun haykaltaroshlar o‘z ijodiy mutaxassisligiga qarab, guruhga birlashishi mumkin. Bu haqda “Gazeta.uz” Badiiy akademiyaga tayanib xabar bermoqda.

Toshkent, Samarqand va Qarshida aynan qanday haykallar o‘rnatilishi va ular bir xil bo‘lish-bo‘lmasligi hozircha xabar berilmayapti. Ushbu masalaga haykalni yasash uchun davlat buyurtmasi kelib tushgach, aniqlik kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islom Karimov haykalini yaratish bo‘yicha xalqaro tanlov g‘oliblari aniqlangan edi. Tanlovda ko‘pchilik ovoz bilan haykaltarosh Ilhom Jabborov g‘olib chiqdi. Ikkinchi o‘rin yosh haykaltarosh Jasvand Annazarovga, uchinchi o‘rin esa To‘lagan Tojixo‘jayevga nasib etdi.

Ilhom Jabborov — Toshkentdagi Mustaqillik maydoniga o‘rnatilgan Mustaqillik va ezgulik monumenti hamda poytaxt markazidagi Amir Temur haykali muallifi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 27.04.2017 | Комментарии (0)

27.04.2017 в 12:05
close