Amerikaning ommabop “Taxtlar o‘yini” (Game of Thrones) serialida bosh rollarni ijro etuvchi aktyorlar televideniye tarixida eng ko‘p maosh olgan aktyorlarga aylanadi. Bu haqda Britaniyaning Daily Express gazetasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Yangi shartnomalar shartlariga ko‘ra, Emiliya Klark (Deyneris Targeriyen rolini ijro etadi), Kit Xarington (Jon Snou), Nikolay Koster-Valdau (Jeyme Lannister), Piter Dinkleyj (Tirion Lannister) va Lena Xidi (Serseya Lannister) serialning yettinchi va sakkizinchi fasllarida har bitta qism uchun ikki million funt (2,56 million dollar)dan gonorar oladi. Kelishuv, shuningdek, serialni boshqa mamlakatlarda namoyish etish huquqi sotilsa, qo‘shimcha mukofot puli berilishini ko‘zda tutadi.

“Taxtlar o‘yini” serialining yangi fasli premyerasi 2017-yil 17-iyulga belgilangan, u dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlarida translyatsiya qilinadi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 26.04.2017 | Комментарии (0)

26.04.2017 в 12:30
Shveysariyalik shifokorlar grippga qarshi muntazam emlashlarga ehtiyotkorlik bilan yondashish, hatto ulardan voz kechishi lozim bo‘lgan kishilar guruhini ma’lum qildi. Bu haqda Tibbiyot onkologiyasi Yevropa jamiyati xabar bermoqda.

Mutaxassislar PD-L1 immun nazorat nuqtalari ingibitorlari bilan davolanayotgan o‘pka saratoni bemorlarida grippga qarshi emlashdan so‘ng immun tizimi faoliyati bilan bog‘liq noxush oqibatlar kelib chiqishini ko‘rsatdi.

Eng ko‘p tarqalgan asoratlar teri toshmalari va artrit (13 foizdan), kolit va ensefalit (8,7 foizdan), shuningdek, gipotireoz, pnevmonit va nevropatiya (4,3 foizdan) ekanligi ma’lum qilindi.

Olimlar o‘rtacha yoshi 58,7 ni tashkil etgan 23 nafar bemorlarda olib borilgan kuzatuvdan so‘ng yuqoridagi xulosaga keldi. Ularning barchasi grippga qarshi uchvalentli vaksina bilan emlangan hamda PD-L1 ingibitorlari bilan davolanayotgan edi. Noxush oqibatlarning yuzaga kelishi olti nafar bemorda kuzatilgan.

... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 26.04.2017 | Комментарии (0)

26.04.2017 в 12:28
close