Olimlar Yerga asteroid tushishi oqibatida yuz berishi mumkin bo‘lgan eng xavfli halokatlar ro‘yxatini tuzdi. Bu haqda “NaukaTV” nashri xabar berdi.

Asteroid bilan to‘qnashganda Yer uchun eng xavfli halokat kuchli shamollar va zarbali to‘lqinlar bo‘lib chiqdi. Buni tushuntirish uchun buyuk britaniyalik olimlar to‘qnashish holatida sayyora bilan bog‘liq bo‘lgan yettita hodisani o‘rganib chiqdi. Bu ro‘yxatdan favqulodda yuqori harorat, zarbali to‘lqinlar, uchuvchi bo‘laklar, sunami, seysmik tebranishlar, bo‘ronli shamollar, shuningdek, kraterlarning hosil bo‘lishi kiradi.

Sautgempton universiteti jamoasi Yerga diametri 15 metrdan 400 metrgacha bo‘lgan 50 mingta asteroid tushishini modellashtirdi. Ta’kidlanishicha, diametri 60 metr bo‘lgan asteroid sayyoraga bir yarim ming yilda bir marta urilsa, diametri 400 metr bo‘lgan asteroid esa yuz ming yilda bir marta Yer bilan to‘qnashadi. “Asteroidning Yerga urilish ehtimoli juda past, biroq agar uriladigan bo‘lsa, oqiba ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 24.04.2017 | Комментарии (0)

24.04.2017 в 15:00
NASA agentligining MRO zondi kameralari Mars shimoliy qutbidagi hozircha nomsiz kraterda kuchli ko‘chkilarning eng tiniq suratlarini olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda MRO loyihasi rahbari Alfred Makyuen (Arizona universiteti, AQSh) ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Mazkur ko‘chkilar quruq muz erishi oqibatida hosil bo‘lgani bildirilmoqda.

“Marsdagi bu nuqta sayyora yuzasidagi ko‘chkilarning eng yaqqol izidir. Bunday jarliklar tuproqda quruq muz qatlami paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan Mars qishi davrida yuzaga keladi. Boshqa tarafdan, shimoliy yarim shardagi qish janubga qaraganda ancha qisqa va yumshoq, shu sababli bu yerda bunday jarliklar ko‘p ham hosil bo‘lavermaydi”, — hikoya qiladi olim.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 24.04.2017 | Комментарии (0)

24.04.2017 в 13:49
“Dedpul” jangari filmining davomi AQSh kinoteatrlarida 2018-yil 1-iyundan namoyish etiladi. Bu haqda Afisha Daily xabar bermoqda.

“Dedpul 2” kartinasiga “Jon Uik” jangari filmini suratga olgan Devid Litch rejissyorlik qiladi. Undagi bosh rolni yana Rayan Reynolds, mutant Keybl rolini esa Josh Brolin ijro etadi.

Shuningdek, 2018-yilda Iks-odamlar haqida yana ikki film: “Yangi mutantlar” (13-aprel) va “Iks-odamlar: qora qaqnus” filmi tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 24.04.2017 | Комментарии (0)

24.04.2017 в 13:47
Aktrisa Asal Shodiyeva o‘zini Instagram orqali kuzatib boruvchilar soni bilan xonandalar Rayhon hamda Loladan o‘zib ketdi, deb xabar berdi “Darakchi.uz”.

Asal Shodiyevaning kuzatuvchilari soni 1 millionga yetdi.

Rayhonning Instagram kuzatuvchilari soni 931 ming, Lolaniki esa 875 ming kishini tashkil etadi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 24.04.2017 | Комментарии (0)

24.04.2017 в 13:45
Terini himoya qilish uni namlantirish va oziqlantirish bilan bir qatorda muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa yuz, bo‘yin va qo‘llar terisi himoyaga muhtoj. Lekin ko‘pchilik ayollar oziqlantiruvchi kremlarning o‘zi yetarli, himoyalovchi kremlardan foydalanish shart emas deb hisoblaydi.

Qarishning oldini olishda himoyalovchi kremlar ham muhim rol o‘ynaydi. Terini faqat quyoshdan himoya qilish kerak deb o‘ylash noto‘g‘ri: har qanday ob-havoda ham tashqariga chiqishdan oldin himoyalovchi kremdan foydalanish lozim.

Ko‘pincha himoyalovchi kremlar tarkibi oqartirish xususiyatiga ega bo‘lgan gidroxinon efirlari, aloe ekstrakti va boshqa qo‘shimchalardan tashkil topgan bo‘ladi.

Himoyalovchi kremlardan foydalanishda terining turini hisobga olish kerak va bo‘yaydigan upalar emulsiya kabi terini quritishi mumkinligini unutmaslik lozim.

Shuning uchun, ayniqsa teri quruq bo‘lsa, upa surishdan oldin himoyalovchi kremdan foydalanish zarur: u tashqi ta’s ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 24.04.2017 | Комментарии (0)

24.04.2017 в 13:40
Uzoq yillik tanaffusdan so‘ng yana sahnaga qaytgan va ayni kunlarda shifoxonada davolanayotgan Ruslan Sharipov “Darakchi.uz” nashriga bergan interyusida uning ijodga qaytishida ko‘mak bergan insonlar va kelajak rejalari haqida gapirdi.

2000 yil yaxshi bir inson bilan tanishgan edim. Oradan 16 yil o‘tib, u bilan yana uchrashib qoldik. Bugun oilam va Muhabbat hoji ona (Rahimovlar oilasi)ning yordamida o‘zimga kelyapman. Nasib qilsa, muolajalarni to‘liq olib, menga bildirilgan ishonchni oqlashga astoydil harakat qilaman. Hali hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman. Mavridi kelganda yana bir ma’lumotni aytib o‘tmoqchi edim, san’atkorlar, jurnalistlar ichida ham men uchun qayg‘urgan, hurmat qilib ijodimni kutganlar borligidan quvondim. Masalan, bir necha oy oldin Yulduz Usmonova bilan uchrashib qoldik. “Bo‘ldi, o‘zingni qo‘lga ol. Mendan nima yordam kerak bo‘lsa, tayyorman”, dedi. Bundan tashqari, yakkaxon konsert dasturiga taklif etgandi, afsuski, salomatligim tufayli qatnasholma ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 24.04.2017 | Комментарии (0)

24.04.2017 в 13:35
Agar tirnoqlar har doim qatlam-qatlam holda va sinayotgan bo‘lsa, modada bo‘lgan manikyur masalasi keyinga qoldiriladi. Bizning maslahatlarimizga amal qilgan holda tirnoqlaringizni mustahkamlang va mavsumning eng ommabop trendlarini sinab ko‘ring.

Tirnoq ostini mustahkamlaydigan bazalardan foydalaning

Mo‘rtlikning asosiy sababi — quruq tirnoq plastinasi. Buni to‘g‘rilash uchun uni B5, E vitaminlari va maxsus birikmalar bilan ta’minlash kerak. Odatda ular tirnoqlar uchun mustahkamlovchi bazalar tarkibida bo‘ladi. Bu vositani rangli laklar bilan bo‘yashdan oldin tirnoqlaringizga suring.

Lakdan tozalovchi suyuqlik tanlang

“Atsetonsiz” degan belgi qo‘yilgan suyuqlikni tanlang. Bu modda — tirnoqlarning dushmani hisoblanadi, chunki u tirnoqlarni haddan tashqari quruqlashtiradi.

Metall egovchalarni tashlab yuboring

Ular tirnoqlarni qatlamlarga ajratadi, tirnoqlar chetidagi milklarni vujudga keltiradi, tirnoqni buzad ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 24.04.2017 | Комментарии (0)

24.04.2017 в 13:25
close