O‘zbekistonda 21—28-aprelda harorat foni +30…+32 darajagacha ko‘tarilishi hisobiga mamlakatning aksariyat tog‘ daryolarida suv sarfi ko‘payishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Shu munosabat bilan, sel toshqinlari o‘tishi, daryo o‘zanlariga yondoshgan qirg‘oqlarning yuvilishi va daryo qirg‘oqlariga yaqin hududlarini suv bosishi ehtimoli mavjud.

O‘zbekistonning 2200 metrdan yuqori bo‘lgan tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 21.04.2017 | Комментарии (0)

21.04.2017 в 17:54
“Istiqlol” san’at saroyida konsert dasturini taqdim etayotgan O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova rasmiy sayti orqali soxta akkaunti haqida ogohlantirdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.

lantirishda, jumladan, shunday deyiladi:

“Yana bir bor eslatib o‘tamiz — Instagram’dagi ‘yulduzusmonova’ akkauntining Yulduz Usmonovaga hech qanday aloqasi yo‘q. Fotomateriallarga diqqat bilan qaralsa, barchasida suv belgilari o‘chirilgan. Instagram’dagi folloverlar soniga e’tibor qilmang, barcha sharhlarga soxta Yulduz Usmonova javob qaytaradi.

Yulduz Usmonovaning rasmiy tarmoqlarida san’atkorning barcha suratlariga suv belgilari qo‘yilgan. Barcha rasmiy sahifalar bizning saytimizda ko‘rsatilgan”.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 21.04.2017 | Комментарии (0)

21.04.2017 в 13:32
close