Zabaykalyalik qiz Moskva shahriga borib, aylanib kelish uchun dugonasini tunadi, deb xabar berdi Moslenta.ru nashri.

Jinoyatchi qiz qo`lga olindi. Voqea fevral oyida sodir bo`lgan bo`lsa-da, bu haqda 19 aprel kuni ma`lum bo`ldi.

Shilkin tuman polisiya bo`limga 18 yoshli qiz ariza bilan murojaat qilib, pasporti, bank kartasi va omonat kassa daftarchasi yo`qolganligini ma`lum qildi. Keyinchalik omonat kassa daftarchasidan 72 ming rubl echib olingani aniqlandi.

Tezkor-tergov ishlari natijasida o`g`rilikni qizning dugonasi sodir etgani ma`lum bo`ldi. Pulni echib olgan qiz zudlik bilan Moskva shahriga jo`nagan.

U Moskva vokzallaridan birida, poezddan tushgan paytda qo`lga olindi. Qiz o`z aybiga iqror bo`ldi. Unga nisbatan “O`g`irlik” jinoyati bo`yicha ayb e`lon qilindi, qizga besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi mumkin.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 19.04.2017 | Комментарии (0)

19.04.2017 в 16:22
Sport nafaqat qomatni yaxshilaydi, balki hayotdan lazzatlanish darajasini oshirish bilan bizning ruhiy sog‘lig‘imizni ham mustahkamlaydi. Lekin uning bunday ijobiy ta’sirining aniq sababi nimada?

Mashqlar baxt gormonlari oshishiga sabab bo‘ladi

Odamlar — juda qarama-qarshi mavjudotlar hisoblanadi. O‘zimizni yaxshi his qilishimiz uchun bizga avval stress kerak bo‘ladi. Mashq qilishni boshlaganingizdan so‘ng, organizm og‘irliklardan stress holatiga tushadi va miyaning neyrotrofik omili deb ataluvchi oqsil ajratib chiqaradi. Bu zarar uchun kompensatsiya sifatida miyani ko‘proq endorfin (quvonch gormonlari) ishlab chiqarishga majbur qiladi.

Jismoniy harakatdan so‘ng qattiqroq uxlaysiz

Kam uxlash ko‘plab, semizlikdan tortib saratongacha bo‘lgan kasalliklar xavfini tug‘diradi. Uyqu sifatini yaxshilash uchun kunduzgi vaqtlarda to‘liq harakatda bo‘lish talab qilinadi.

Jismoniy tarbiya energiya bilan ta’minlaydi

Qanch ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 19.04.2017 | Комментарии (0)

19.04.2017 в 16:17
Xitoylik ishchi Guandun provinsiyasining Foshan shahrida 70 million yil avvalgi 5 ta dinozavr tuxumiga duch keldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Arxeologlarga ko‘ra, topilma Bo‘r davri oxirlariga mansub (145—66 million yil oldin). Tuxum radiusi 13—14 santimetr, po‘stlog‘ining qalinligi esa 2 santimetrni tashkil etadi. U o‘txo‘r dinozavrlarga tegishli ekanligi taxmin qilinmoqda.

Xitoy janubida landshaft shakllanishi va iqlim o‘zgarishlariga aniqlik kiritishga imkon beradigan topilma Foshandagi Nanxay muzeyiga topshiriladi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 19.04.2017 | Комментарии (0)

19.04.2017 в 16:15
Avstraliya, Kanada, Norvegiya, Rossiya va AQSh olimlari mamontlar yashagan so‘nggi pleystotsen ekotizimining nega yo‘q bo‘lib ketganligiga guvohlik beruvchi yangi sabablarni topdi. Tegishli tadqiqot Nature Ecology & Evolution jurnalida chop etildi, deb xabar bermoqda Adelaida universiteti.

Mutaxassislar 11—15 ming yil avval, pleystotsen ekotizimi yo‘qolib ketishidan oldin, Shimoliy Amerika va Sibirdagi abadiy muzliklar eriy boshlangan deb hisoblamoqda. Bu esa havodagi namlikning ortishiga olib kelgan, natijada havyonlar uchun odatiy bo‘lgan yaylovlar o‘rnini botqoq va torf konlari egallay boshlagan. Bu kabi jarayonlar tufayli ulkan hayvonlarning, jumladan, mamontlar populyatsiyasining ajralishi ro‘y bergan.

Olimlar bunday qarorga qadimiy pleystotsen ekotizimiga taalluqli 51 ta o‘txo‘r hayvon (masalan, zubr va ot) suyaklari ustida radiouglerod tekshirishlarini olib borgandan so‘ng kelgan.

Taxminan, o‘n ming yil oldin yakun topgan pleystotsenda zamo ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 19.04.2017 | Комментарии (0)

19.04.2017 в 14:17
close