Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari Agentligi Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishni istovchi fuqarolarni ro`yxatga olish va anketa to`ldirish jarayoni yuzasidan quyidagilarni ma`lum qiladi.

Tashqi mehnat migrasiyasi masallari agentligi 2017 yilning 27-28-29-30 mart kunlari va 1-3 aprelda Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishni istovchi fuqarolarni ro`yxatga olish va anketa to`ldirish jarayonini o`tkazgan edi.

Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi shuni ma`lum qiladiki, mazkur ro`yxatga olish jarayonida yuz bergan jiddiy texnik uzilishlar, Koreyada mehnat faoliyati yuritishni istovchi talabgorlar bilimini sinash jarayoni qatnashchilar orasida ko`plab anglashilmovchiliklar va noroziliklariga sabab bo`lganligi tufayli ro`yxatga olish natijalari bekor qilinadi.

Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishni istovchi fuqarolarni ro`yxatga olish va anketa to`ldirish jarayoni qaytadan yanada y ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 18.04.2017 | Комментарии (0)

18.04.2017 в 16:35
Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Ichki ishlar bo‘limi hamda boshqa huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar davomida Buvayda tumani Oqqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi fuqaro Nizomov maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy ta’limotdan (xususiy tartibda) saboq berib kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Surishtiruv davomida mazkur shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda tashkil etilgan “hujra”da Toshkent shahri, Toshkent, Jizzax, Andijon viloyatlarida hamda Farg‘ona viloyatining Oltiariq, Bog‘dod, Buvayda, Uchko‘prik va Furqat tumanlarida yashovchi, turli yoshdagi jami 21 nafar o‘smir va voyaga yetmaganlar diniy ta’lim olayotganliklari aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxs xonadonidan topilgan 50 dona turli arab yozuvidagi diniy kitob, 14 dona daftar, 11 dona radiopriyomnik, 6 dona lavh, 4 dona sim-kartalar, 2 dona di ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 18.04.2017 | Комментарии (0)

18.04.2017 в 16:29
close