AQShning Riversayd shahridagi Kaliforniya universiteti olimlari smartfonlar uchun qayta tiklanish imkoniyatiga ega bo‘lgan oyna yaratdi. Ilmiy guruh rahbari Chao Vanning ta‘kidlashicha, yangi oyna turli yoriqlar, chiziqlar paydo bo‘lishiga nisbatan ancha mustahkam. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Biz yaratgan oyna elektr tokini o‘tkazadi, shuning uchun uni smartfon va boshqa mobil qurilmalarning displeyi sifatida ishlatish maqsadga muvofiq.
Chao Van, ilmiy guruh rahbari
Olimning aytishicha, agar yaratilgan material teng ikkiga bo‘linsa, ikkita bo‘lak bir sutkada to‘liq tiklana oladi. Shuningdek, oyna yuqori elastiklikka ega bo‘lib, dastlabki o‘lchamidan 50 marta uzunroq o‘lchamgacha cho‘zilishi mumkin.
Chao Van yangi oyna yaqin uch yil ichida sotuvga chiqishi va odamlarning kundalik hayotini o‘zgartirishini ishonch bilan ta‘kidladi.
Material molekulyar aloqaning maxsus turiga asoslanadi. Agar oyna zararlansa, uni tashkil qil
...
Читать дальше »