AQShlik bir guruh mutaxassislar insonning semirib ketishiga organizmda toza suvning etishmasligi sabab bo`lishini aniqlashdi, deb xabar berdi Newinform.com nashri.

Mutaxassislar semirishga to`yib ovqat eyish sabab bo`lolmasligini ma`lum qilishdi. O`tkazilgan tadqiqot natijasida semirib ketgan odamlar kerakli miqdorda suv ichmasliklari ma`lum bo`ldi. Gap sharbatlar, gazli suv va boshqa salqin ichimliklar haqida emas, gazsiz, toza suv haqida ketmoqda. Inson kun davomida ikki litr toza suv iste`mol qilishi lozim.

Mazkur tadqiqotda yoshi 64 ga to`lmagan 10 ming nafar odam ishtirok etdi. Tadqiqot so`nggida semirib ketgan odamlar toza suvni kam iste`mol qilgani ma`lum bo`ldi.

Muntazam gipogidratasiya tana vaznining oshishiga sabab bo`ladi. Semirishning oldini olish uchun ko`proq toza suv ichish lozim.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 12.04.2017 | Комментарии (0)

12.04.2017 в 13:24

8 fevral kuni oliy toifali suxandon, O`zbekiston televideniesi rivojiga katta hissa qo`shgan ijodkor Nasiba Maqsudova insultni boshdan kechirishi oqibatida vafot etdi. Bugun, 12 aprel kuni Nasiba Maqsudova hayot bo`lganida 69 yoshni qarshi olgan bo`lardi.

Teleboshlovchi Anvar Azimov hamkasbi hamda ustozini xotirladi.

“Inson umri yashalgan yillar bilan emas, qilingan ishlar bilan o`lchanadi, deyishadi. Bugun ustozim Nasiba Maqsudova hayot bo`lganlarida 69 yoshga kirgan bo`lardilar! Bolaligimda Nasiba opaning chiqishlarini ko`rib katta bo`lganman, ayniqsa ‘Assalom, O`zbekiston’ ko`rsatuvida ularning chiqishlari va ekran orqali men bilan gaplashishlari xotiramda qolgan. Lekin tasavvur qilmagan ekanman, yillar o`tib shu ko`rsatuvda o`zim ham boshlovchilik qilishimni hamda Nasiba

Maqsudovadek ustoz bilan birga ishlashimni. Us ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 12.04.2017 | Комментарии (0)

12.04.2017 в 13:18
Dortmundning “Borussiya” klubi mehmonxonadan chiqib, stadion sari intilishi oldidan avtobus yaqinida portlash sodir bo‘lgandi. Bunda jamoaning ispaniyalik futbolchisi Mark Bartra jarohatlangani aytilgandi.

Nemis nashrlarining ma’lum qilishicha, voqea sodir bo‘lishi bilan shifoxonaga yetkazilgan Mark Bartra muvaffaqiyatli operatsiya qilingan. Uning qo‘liga oyna siniqlari va yana boshqa zarralar kirib ketgandi deyiladi xabarlarda.

Ayni vaqtda Bartra o‘zini yaxshi his qilmoqda. Ammo bu uning “Monako”ga qarshi harakat qila olishini bildirmaydi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 12.04.2017 | Комментарии (0)

12.04.2017 в 13:10
“Terabayt.uz” nashri Toshkentdagi “Malika” savdo markazidagi iPhone’lar narxlari bilan tanishtirdi. Narxlar 2017-yil 11-aprel kuni holatiga ko‘ra keltirilgan.

Apple iPhone 5s seriyasi

Apple iPhone 5 (16 Gb, grey) – 2 100 000 so‘m

Apple iPhone 6 seriyasi

Apple iPhone 6 (16 Gb, gold, silver, grey) – 3 000 000 so‘m

Apple iPhone 6 (64 Gb, gold) – 3 450 000 so‘m

Apple iPhone 6+ seriyasi

Apple iPhone 6+ (16 Gb, silver) – 3 450 000 so‘m

Apple iPhone 6s seriyasi

Apple iPhone 6s (16 Gb, rose) – 3 750 000 so‘m

Apple iPhone 6s (32 Gb, gold, grey, rose) – 4 050 000 so‘m

Apple iPhone 6s (64 Gb, grey) – 4 500 000 so‘m

Apple iPhone 6s (128 Gb, grey) – 4 800 000 so‘m

Apple iPhone 6s+ seriyasi

Apple iPhone 6s+ (16 Gb, grey, silver) – 4 200 000 so‘m

Apple iPhone 6s+ (64 Gb, grey) – 4 800 000 so‘m

Ap ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 12.04.2017 | Комментарии (0)

12.04.2017 в 13:07
Bugun, 12-aprel kuni O‘zbekiston xalq artist Sherali Jo‘rayev o‘zining 70 yillik yubileyini nishonlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Sherali Jo‘rayevga tilaklar yog‘ilmoqda. Original tabrik jurnalist Jasur Hamroyev tomonidan yozib qoldirildi, deb yozadi “Darakchi.uz”.

Fazo – cheksizlik. Yulduzlar makoni. Shu makonda yerlik bir yulduzning kuyi jarang sochishini endi bir tasavvur eting! Endi bir real voqeani eslatsak. Markaziy Osiyodan fazoga uchgan ilk fazogir Solijon Sharipov koinotda kechajak 6 oylik safaridan oldin o‘zi sevgan qo‘shiqlarni ham olib ketishni ma’qul topdi. Bu qo‘shiqlar esa faqat bir hofizga tegishli! “Okean orti”dagi NASA markazi bu to‘plamni olib ketishga ruxsat berdi.

Solijon fazoda ilk telefon qo‘ng‘irog‘ini amalga oshirdi. O‘zbekistonlik do‘stiga qo‘ng‘iroq qilib, iftixor ila sevimli bir qo‘shig‘ini tinglayotganini aytdi. Koinotda fazo kemasining ichida yangrayotgan o‘zbek tilidagi bu qo‘shiq Yer sayyorasidagi insonning qalbini to‘lqinlantirdi ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 12.04.2017 | Комментарии (0)

12.04.2017 в 13:02
close