AQShning Ogayo shtati Menfild shahridagi “Shoushenkdan qochish” filmi sahnalarining birida foydalanilgan eman daraxti kesildi. Daraxt to‘nkasi 8-aprelda arralab tashlandi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Daraxtni kesish haqidagi qaror 2016-yil iyul oyida kuchli shamol uni sindirganidan so‘ng qabul qilingan. Daraxt joylashgan hudud egalaridan biri Den Disning aytishicha, daraxt bu joyni ko‘rishga kelgan film muxlislari va sayyohlar uchun xavf tug‘dira boshladi.



Dis kesilgan daraxt to‘nkasini sotishdan bosh tortdi. Avvalroq daraxtning bir qismi hudud yaqinida joylashgan Mensfild qamoqxonasiga olib borilgan. Mazkur axloq tuzatish muassasasi aslida mavjud bo‘lmagan Shoushenk qamoqxonasini filmda aks ettirgan.

Filmning bosh qahramoni Endi Dyufreyn (Tim Robbins) qamoqxonadan qochib, daraxt ostida do‘sti Redga (Morgan Friman) maktub qoldiradi. Red ozodlikka chiqqandan so‘ng m ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: Admin | Дата: 11.04.2017 | Комментарии (0)

11.04.2017 в 12:51
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sevara Nazarxon Toshkentda uch kunlik konsertini taqdim etadi. Bu haqda Sevara ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma`lum qildi.

Konsert 25-26-27 may kunlari Toshkentdagi forumlar saroyida bo`lib o`tadi.

Konsert chiptalari 17 apreldan sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 11.04.2017 | Комментарии (0)

11.04.2017 в 11:45
close