AQShning Nyu-Jersi shtati Vanak shahrida istiqomat qiluvchi ayol 2,5 yil avval qochib ketgan mushugini topdi. Bu haqda The Record xabar bermoqda.

Yo‘qolib qolgan mushuk sobiq uyidan 15 kilometr uzoqlikda, qorli dovuldan keyin topildi. Uning egasi mahalliy jonzotlar boshpanasi tomonidan Facebook’dagi sahifaga yuklangan suratini ko‘rib qoldi.

Ayol mushuk uniki ekaniga amin bo‘lishi uchun jonzotning oldiga uning sevimli o‘yinchog‘i bilan birga bordi. Ayol mushukka “Jimmi, bu senmisan?” deb murojaat qilganida jonivor uning yoniga borib, egasiga suykaldi va burni bilan o‘yinchoqqa tegindi. Shundan so‘ng mushuk o‘z uyiga qaytdi.

Jimmi 2014-yilning sentabr oyida yo‘qolib qolgandi. Mushuk egalari uni yaqin atrofda qidirgan, e’lonlar osib, politsiyaga va jonzotlar poshpanasiga murojaat qilgan, ammo barchasi samarasiz yakunlangandi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 07.04.2017 | Комментарии (0)

07.04.2017 в 13:27
Kabel va efirga uzatilayotgan kanallarni onlayn ko‘rish imkonini beruvchi YouTube TV servisi Amerikaning beshta shahrida ishga tushdi. Bu haqda Gizmodo nashri xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

YouTube servisidan Nyu-York, Los-Anjeles, San-Fransisko, Filadelfiya va Chikagoda foydalanish mumkin bo‘ldi. Servisga bir oylik ulanish abonentga 35 dollarga tushadi — bu kabel televideniyesidan ikki marta arzonroqdir.

Avvalroq YouTube TV-kanallarni onlayn ko‘rish uchun pullik servisni ishga tushirishi haqida ma’lum qilingan edi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 07.04.2017 | Комментарии (0)

07.04.2017 в 13:26
close