Ayolning xunugi bo`lmaydi. Faqat berilgan husnni asrashga intilmaydiganlar uchrab turadi. Keling, bugun yosh va sarvqomat ko`rinish sirlari haqida gaplashamiz. «SUG`DIYONA» mushtariylari uchun esa tajribadan o`tgan, amalda sinalgan sirlarimni ochishga tayyorman.

1. Muhimi tabassum!

Doim chiroyli ko`rinishni istgan ayol ishni ichki dunyosidan boshlashi kerak. Sababi, insonning o`y-xayoli, kechinmalari, hayotga qarashlari uning chehrasida aks etadi. Shuning uchun ham ayollarimiz doim tabbasum bilan yurishlari, shirin so`zni unutmasliklari lozim. Qayotning tashvishlariga qaramay, oila a`zolari va farzandlariga mehr berishni birinchi o`ringa qo`ygan ayol yanglishmaydi, menimcha.

2. Olma eng, qarimaysiz

Shuningdek, insonning tanovul qilayotgan eguligi ham uning go`zaligiga ta`sir etadi. Yoshligimdan meva va sabzavotlarni juda yaxshi ko`raman. Ayniqsa, olmaning organizmga foydasi katta. U inson terisini taranglashtirish va yoshartirish husu ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 06.04.2017 | Комментарии (0)

06.04.2017 в 17:18
Apelsin, yogurt va sharbatlarni ertalab va kechqurun uchun juda foydali deb hisoblash odat bo‘lib qolgan. Sog‘lom yashash tarzini sevadiganlar kuch va energiya to‘plash uchun aynan ularni och qoringa yeydilar. Lekin, foydali deb hisoblanuvchi ba’zi oziq-ovqatlar och qoringa iste’mol qilinsa zarar keltirish xususiyatiga ega.

Sitruslilar va xom sabzavotlar. Meva va sut kislotalari hisobiga shilliq qavatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar sizga ertalabdan kletchatkalar zarur deb hisoblasangiz, avval suli bo‘tqasini yeng. U me’da devorlarini yomon ta’sirlardan himoya qiladi.

Banan. Tarkibidagi magniy hisobiga yurak va tomirlarga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Lekin bittadan ko‘p yeyilmasa, rezavor mevalar muammo tug‘dirmaydi.

Sovuq ichimliklar. Eng yaxshi variant— me’da-ichak yo‘llari faoliyati uchun zararsiz bo‘lgan biroz iliq suyuqlik ichish.

Qahva. Bu ichimlik shilliq qavatlarni bezovta qiladi, shuning uchun uni tez-tez va munt ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 06.04.2017 | Комментарии (0)

06.04.2017 в 17:15
Nil timsohi Afrikadagi ko‘lda
cho‘milayotgan sayyohga
hujum qildi va oyog‘ini g‘ajib
tashladi. Bu haqda Daily Star
ma’lum qildi.

Hodisa Ugandaning markaziy
qismidagi Kalangala okrugida
ro‘y berdi. Ismi-sharifi oshkor
etilmayotgan oq tanli erkak
Viktoriya ko‘lida
cho‘milayotganda unga timsoh
hujum qildi.

Timsoh sayyohning chap
oyog‘ini tizzasidan pastini uzib
oldi. Ko‘p qon yo‘qotganligidan
deyarli behush holdagi erkakni
mahalliy fuqarolar suvdan
chiqarib oldi. Ularga Uganda
armiyasi askari ham yordamga
keldi.

Jabrdiydaning kelgusi taqdiri
hozircha noma’lum.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 06.04.2017 | Комментарии (0)

06.04.2017 в 14:31
Aktrisa Asal Shodiyeva bugun, 6-aprel kuni tavallud ayyomini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan aktrisaning do‘stlari, yaqinlari va oila a’zolari Asalni tug‘ilgan kuni bilan tabriklamoqda, deb yozadi “Darakchi.uz”.

Jumladan uning singlisi Robiya Shodiyeva Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali opasiga atalgan samimiy dil izhorini yozib qoldirdi.

“O‘tmishga nazar tashlab, siz bilan o‘tgan bolaligim (u haqiqatan ham bo‘lgan)ni tabassum bilan yodga olaman.

Kun bo‘yi ko‘chada o‘ynaganlarimiz, do‘stlarimiz bilan kartoshka qovurganimiz, sayrga chiqqanlarimiz yodimda. Onam esa biz biroz bo‘lsa ham uyda o‘tirishimiz uchun bizga kuchukchalar, quyonchalar, baliqchalar va hatto jo‘jachalar sovg‘a qilardilar. Har yili lagerdagi sarguzashtlarimiz-chi, bir safar cho‘kib ketishimga bir bahya qolganida siz meni qutqarib qolgansiz. Biz har doim ota-onamiz oldida bir-birimizning ayblarimizni yashirardik. Uyda ko‘p gilos bo‘lishiga qaramay, yangi ko‘ylak kiyib, qo‘shnim ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 06.04.2017 | Комментарии (0)

06.04.2017 в 13:20
Toshkent viloyati Piskent tumanida yashovchi ikki yigit bir kunning o‘zida ikki himoyasiz ayolni qo‘rqitib, ularning uyidan qimmatbaho buyumlarini olib chiqib ketgan, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

Endigina 23 yoshni qarshilagan bu yigitlar o‘zlarining qing‘ir ishlarini oldindan rejalashtirib oladi. So‘ngra o‘zlari yashagan Toshkent viloyati Piskent tumani “Oqtepa” MFYga qo‘shni bo‘lgan Oqqo‘rg‘on tumani S.Segizbayev fermerlar uyushmasi 1-bo‘lim Shohruhiya qishlog‘i hamda Bo‘ka tumani “Toshloq” MFYda istiqomat qilgan uy bekalariga do‘q-po‘pisa qilib ikki dona mobil telefoni va sariq metalldan yasalgan ikki juft ziragi, bundan tashqari, 180 ming so‘m pulini tortib olib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.

Ichki ishlar organlari xodimlarining tezkorlikda ko‘rgan choralari natijasida bu ikki jinoiy sherik qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilg ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 06.04.2017 | Комментарии (0)

06.04.2017 в 13:17
close