Angliya yodgorlik va tarixiy binolarni o`rganuvchi Komissiyasi olimlari Sautgempton universiteti bilan hamkorlikda Britaniyadagi qishloqlardan birida yashovchi aholi o`rta asrlarda o`liklarning qayta tirilishiga ishonganliklarini aniqladi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Olimlar XI–XIII asrlarda Yorkshir grafligida mavjud bo`lgan Uarram Persi qishlog`i qoldiqlarini topishdi. Topilgan inson suyaklari yuzasidan tadqiqot ishlari olib borilganda, olimlar mahalliy aholi uzoq yillar davomida dafn etilgan jasad “go`rdan qayta tirilib chiqishiga ishonganliklari” ma`lum bo`ldi. Olimlarning bunday xulosaga kelishiga ba`zi bir jasadlarning boshi tanasidan judo etilgani yoki yoqib yuborilgani sabab bo`ldi. Tadqiqotchilarning fikricha, mahalliy aholi yomon, qasoskor odamlarning qayta tirilishidan, tiriklarga yana yomonlik qilishidan qo`rqqani tufayli shunday yo`l tutishgan. Ularning boshi tanasidan judo etilsa yoki yoqib yuborilsa, jasadlar qayta tirilmaydi, deb hisoblashgan.
... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 05.04.2017 | Комментарии (0)

05.04.2017 в 12:29
Jeki Channing qizi Etta U Chjolin o‘z joniga qasd etishga urinishdan so‘ng kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Tayvan OAVlariga tayanib, Sina ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

Etta Tailandga safarini to‘xtatib, shoshilinch Gonkongga qaytgani va bu yerda kasalxonaga joylashtirilgani bildirilmoqda.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, tushkunlikka berilgan qiz o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Jeki Chan nikohsiz farzandi bo‘lgan Ettani tan olmaydi. Uning onasi Eleyn Ng 1990-yilda “Osiyo go‘zali” tanlovida g‘olib chiqqandi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 05.04.2017 | Комментарии (0)

05.04.2017 в 11:11
close