Olimlar Yevropada g‘orda yashovchi birinchi baliqni topdi. Baliq Barbatula turiga mansub bo‘lib, Germaniya janubidagi yerosti g‘or suvlarida yashaydi. Bu haqda Cell Press nashri ma’lum qildi.

Baliq odam va suv havzasi hayvonlarining yetib borishi qiyin bo‘lgan g‘orda yashaydi. Mo‘ylovdor baliq yashaydigan g‘orning yoshi 20 ming yil deb baholanmoqda.

Olimlarning taxmin qilishicha, muzlik davrida muzliklar chekinganidan keyin g‘or baliq yashashi uchun qulay joyga aylangan. Ularning fikricha, hayvonning evolutsiyasi haligacha davom etmoqda. Boshqa baliqlardan ko‘zlarining kichikligi, uzun mo‘ylovlari va yirik burun teshiklari bilan farq qiladi.

2015-yildan boshlab olimlar yangi turdagi baliqning 5 ta vakilini topgan. O‘tkazilgan tadqiqotlar baliqning noma’lum tur ekanligini ko‘rsatdi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 04.04.2017 | Комментарии (0)

04.04.2017 в 12:59
GSM Arena nashri Samsung Galaxy S8 smartfonining baland narxi qanchalik o‘rinli ekanligi borasida so‘rov tashkil qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”. So‘rov ishtirokchilarining 72 foizi gadjetning narxi haddan tashqari baland degan fikrni bildirdi.

Sotilayotgan bozordan kelib chiqib, Samsung smartfonining narxi kichik model uchun 720 dollar yoki 800 yevroni, katta model uchun esa 840 dollar yoki 900 yevroni tashkil qiladi.

Ko‘pchilik foydalanuvchilar Koreya kompaniyasi flagmanining narx va sifati nisbatini izohlar ekan, unga oshirib narx qo‘yilganini ta’kidladi.

Buning ustiga, bu yerda boshqa ishlab chiqaruvchilarning flagmanlari ham rol o‘ynaydi, xususan, Xitoy kompaniyalarining ba’zi smartfonlari shunga o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘la turib, ba’zan ikki karra arzonroq narxda sotiladi.

OnePlus va Xiaomi kompaniyalari yaqinda o‘z flagmanlarini taqdim etishi kutilmoqda. Ularning qurilmalari ham Galaxy S8 kabi Snapdragon protsessori ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 04.04.2017 | Комментарии (0)

04.04.2017 в 12:58
O‘zbekiston Markaziy banki 4-
apreldan xorijiy valyutalarning
so‘mga nisbatan yangi
kurslarini belgiladi, deb yozadi
“Anons.uz”.

O‘tgan haftaga nisbatan
dollarning rasmiy kursi 28,05
so‘mga oshdi va 3623,07
so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 30,47 so‘mga o‘sdi
va 3914,42 so‘mga teng bo‘ldi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 04.04.2017 | Комментарии (0)

04.04.2017 в 10:01
G‘oyib bo‘lgan Keniya fuqarosi
mast holda qo‘shni shahardan
topilgach, uning dafn
marosimi bekor qilindi, deb
yozadi Daily Mirror.

Keniyalik mototaksichi Uilson
Oluok uch hafta davomida
uyiga kelmagan. Shakarqamish
plantatsiyasidan erkak
kishining jasadi topilgach,
qarindoshlari uni Uilson deb
o‘yladi va dafn marosimiga
tayyorgarlik ko‘ra boshladi.

Qabr qazib bo‘lingach, kimdir
ularga yo‘qolgan taksichini
Rongo shahrida ko‘rib
qolishganini aytdi.
Qarindoshlari aytilgan manzil
bo‘yicha borib, haqiqatan ham
Uilsonni topdi. U kuchli mastlik
holatida barda o‘tirgandi.

G‘oyib bo‘lgan erkak bir necha
hafta oldin uyiga qaytib
borganini, ammo qattiq
uyalganidan qochib ketib,
yangi hayot boshlashga qaror
qilganini aytdi.

Quvonib ketgan oila a’zolari
dafn marosimini bekor qilib, ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 04.04.2017 | Комментарии (0)

04.04.2017 в 09:58
close