Toshkent shahrida 2017 yilning 10 dan 16 mart kuniga qadar fuqarolarni xavfsizligini ta`minlash, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izi”dan fosh etish, jinoyatlar sodir etilishini oldini olish va profilaktikasi borasida amalga oshirilgan ishlar davomida voyaga etmaganlar orasida sodir etilgan jinoyatlar ham borligi achinarli holat.

Ana shunday ayanchli holatlar to`g`risida Toshkent shahar IIBB tomonidan navbatdagi “payshanbalik” doirasida o`tkazilgan matbuot brifingida ma`lumot berildi.

Hafta davomida voyaga etmaganlar o`rtasida oltita og`ir va o`ta og`ir jinoyatlar sodir etilganligi ayanchli holat. Ana shundaylardan biri 2017 yilning 10 mart kuni soat 11:30 larda sodir bo`ldi. 1995 yilda tug`ilgan Toshkent Davlat texnika universiteti 1-kurs talabasi Toshkentdagi kollejlardan birining o`quvchisini rashk sababli, oshxona pichog`i bilan tanasining turli qismiga bir necha marotaba jarohat etkazgan. Ma`lumotlarga ko`ra, qizning hayoti xavf ostida emas.

... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 17.03.2017 | Комментарии (0)

17.03.2017 в 11:41
Forbes jurnali dunyoning yiliga millionlab sayyohlar tashrif buyuradigan eng ommabop tarixiy yodgorliklari reytingini e’lon qildi.

Tojmahal, Hindiston (XVII asr)

Akropol, Gretsiya (eramizdan avvalgi V asr)



Lalibeldagi qoyali butxonalar, Efiopiya (1200-yillar



Linkoln memoriali, AQSh (1922-yil)



Moskva Kremli, Rossiya (XV asr)



Ozodlik haykali, AQSh (1886-yil)

... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: G‘anisher | Дата: 17.03.2017 | Комментарии (0)

17.03.2017 в 11:32

Qarshining “Nasaf” futbol klubiga qarashli stadion rekonstruksiya qilinmoqda, deb yozdi jamoa matbuot xizmati. Shu boisdan ham Ro‘ziqul Berdiyev boshchilik qilayotgan jamoa Chempionlar ligasidagi o‘yinini “Bunyodkor” stadionida o‘tkazgandi.

Ma’lum qilinishicha, stadionga yangi chim yotqizish ishlari boshlangan. Bunda qarshiliklar Kentucky blue grass markasidan foydalanayotgan bo‘lib, u mahalliy iqlimdan kelib chiqib tanlangan.

Chimni yotqizishda jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabi faol ishtirok etmoqda. Bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan iliq qarshi olingan.

Ma’lumot uchun, “Lokomotiv” futbol klubining Chempionlar ligasi doirasidagi o‘yinidan keyin Salamat Qutiboyev stadionni O‘zbekistondagi eng yaxshisi degan bo‘lsa, “Al-Ahli” futbolchisi “Lokomotiv” stadioni chimini talabga javob bermaydi deb topgandi.
... Читать дальше »

Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 17.03.2017 | Комментарии (0)

17.03.2017 в 11:06
close