Aktyor Ulug‘bek Qodirov va xonanda
Sharof Muqimov O‘zbekiston Davlat san’at
va madaniyat instituti “Televideniye va
kino rejissorligi” fakultetida magistratura
bosqichida tahsil olmoqda. Bu haqda
“Darakchi” gazetasi xabar berdi.

“Hech bir ish bejiz amalga oshmaydi.
Demak, Sharof va Ulug‘bek ham
rejissuraga qo‘l urib, kino suratga olishda
ham omadlarini sinab ko‘rishsa, ajabmas”,
— deyiladi gazeta xabarida.
Категория: Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 31.01.2016 | Комментарии (1)

31.01.2016 в 14:15

Xonanda Shahzodaning yangi konsert dasturi bannerlarini joylashtirish ishlari boshlandi.

Bu haqda xonandaning Facebook`dagi sahifasida ma`lum qilindi. Shahzoda may oyining 1-7 kunlari “Istiqlol” san`at saroyida konsert beradi.

Manba: Darakchi.uz

Категория: Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 31.01.2016 | Комментарии (0)

31.01.2016 в 09:13
Xonanda Rayhonning 23-27 fevral kunlari “Istiqlol” san`at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etayotganidan xabaringiz bor. Ayni damda xonanda konsert dasturiga qizg`in tayyorgarlik ko`rmoqda. Aslida tayyorgarlik jarayoni o`tgan yildan boshlangan. Rayhon va uning ijodiy jamoasi muxlislarga orginal va betakror shou-konsert dasturini taqdim etishga tayyorgarlik ko`rmoqda. Bu haqda xonanda “Shov-shuv.uz” saytiga bergan intervyusida aytib o`tdi.

Shuningdek xonanda imijini, xususan sochlari rangini tez-tez o`zgartirishini quyidagicha izohladi:

“Sochlarim rangi o`zgarar, biroq, tashqi ko`rinishimni, yuzimni o`zgartirish istagim yo`q. Imijim o`zgarishini - muxlislarimga zerikarli ko`ringim kelmasligi bilan izohlayman”.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 31.01.2016 | Комментарии (0)

31.01.2016 в 09:09
“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi asosida davlat mablag‘lari hisobidan ishlab chiqarilgan va mutlaq huquqlari agentlikka tegishli bo‘lgan “Baron” nomli badiiy film hozirgi kunda kinoteatrlarda keng namoyish etilmoqda, deya xabar bermoqda “O‘zbekkino”.

“Biroq Toshkent shahri va viloyatlardagi bir qator bozorlar va boshqa savdo hududlarida ushbu filmning kontrafakt nusxalari noqonuniy tarzda sotilayotgani haqidagi xabarlarning paydo bo‘lishi agentlik tomonidan Intellektual mulk agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda aniq choralar ko‘rishni taqazo qildi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Xabar berishlaricha, hozirgi kunda “Baron” filmining kontrafakt nusxalari tarqatilishiga chek qo‘yilishini ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklarining tegishli Ishchi guruhlari a’zolari bilan hamkorlikda monitoring tadbirlari tashkil etilmoqda.

Aniqlanga ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 31.01.2016 | Комментарии (0)

31.01.2016 в 08:52
close