MY5 “Mening yurtim” telekanalida namoyish
etilayotgan, hind kinoijodkorlari tomonidan
tayyorlangan “Muhabbat tafti” (“Iss Pyaar
Ko Kya Naam Doon?”) seriali ilk bor 2011 yil
6 iyun Hindistonda ekran yuzini ko‘rgan.
Mazkur serialda jamiyatning har bir qatlami
a’zolari haqida so‘z yuritiladi. Asosiy urg‘u
hind milliy qadriyatlari - oila, opa-singil, aka-
uka va qarindosh-urug‘ o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarga qaratiladi. Serialning o‘ziga
xos jihati shundaki, uning ayrim joylari
mashhur “Sohibjamol va maxluq” multfilmi
syujetlariga o‘xshab ketadi.
Film haqida qisqacha
Kxushi Kumari Guptaning ota-onasi
avtohalokat sabab dunyodan o‘tadi va uni
Lakxnau shahridagi qandolatchi oilasi asrab
oladi. U tutingan opasi Payalni juda yaxshi
ko‘radi, biroq ko‘ngilsiz ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 10.12.2015 | Комментарии (0)

10.12.2015 в 17:40
So'g'd viloyatining Asht tumanida
istiqomat qiluvchi 33 yoshli Abduvali
Yo'ldoshev va Oxunjon Ergashevlar 9
dekabr kuni Sirdaryoda baliq tutish bilan
mashg'ulliklari paytida cho'kib ketishdi.
Bu haqda Tojikistonning onlayn nashrlari
xabar bermoqda.

IIV taqdim etgan ma'lumotlarga
qaraganda, kuchli shamol ko'tarilib,
baliqchilarning rezinali qayig'ini ag'darib
yuborgan.
A. Yo'ldoshevning tanasi topilib,
qarindoshlariga berib yuborilgan, O.
Ergashevning tanasi qidirilmoqda.

Manba: Kun.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 10.12.2015 | Комментарии (0)

10.12.2015 в 16:04
Qirg'izistonda bir kunda 32 nafar qiz o'g'irlanmoqda,
ularning olti nafari zo'ravonlikka duch keladi. Mazkur
ma'lumotlar “Ayollarga ko'mak markazi” va “Qiz
korgon” jamoat birlashmalari hisobotida keltirib
o'tildi.
Ular taqdim etgan ma'lumotlarga qaraganda, bir
yilda o'rtacha 11800 marotaba qiz olib qochish holati
sodir etiladi. Ularda 2 ming qizning nomusiga tajovuz
qilinadi.
BMT ma'lumotiga ko'ra, Qirg'izistonda bir yilda
ayollar va qizlarga nisbatan 3615 marotaba jinoyatlar
sodir etiladi. Ularda qotillik, tan jarohati etkazish,
nomusga tegish va zo'rlik bilan nikohdan o'tish
holatlari qayd etiladi.

www.kun.uz
Категория: Yangiliklar | Добавил: Sardorbek | Дата: 10.12.2015 | Комментарии (0)

10.12.2015 в 06:14
Agar ijtimoiy tarmoqdagi xabarlar va SMSlarning
oxirida nuqta qo'yilsa, ular kamroq darajada
samimiyroq qabul qilinadi. Nyu-Yorkdagi Bingemton
universiteti psixologlarining aniqlashicha, ko'p
odamlar nuqta timsolida salbiy hissiyotlarni
ko'rishadi va ularda suhbatdoshi o'zini nodo'stona
tutayotganligi yoki o'z asl maqsadini yashirishga
urinayotganligiga shubha paydo bo'lishi mumkin. Bu
haqda Washington Post nashri xabar bermoqda.
Olimlar 126 kishilik guruh yig'ib, ularga ham elektron,
ham qo'lda yozilgan yozishmalardan bir necha
bo'laklarni o'qishga berishdi. Bir xabarda tasdiq gap
va so'roq bo'lgan, ikkinchisida ijobiy javob bo'lgan.
Shu bilan birga har bir bo'lak ikkita ko'rinishda:
tinish belgilarisiz va ular bilan birga taqdim qilingan.
Natijada oxirida nuqta turgan elektron xabarlar
sinaluvchilar tomonidan eng soxta va xufiyona deb
baholandi. Buni odamlar real hay ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Sardorbek | Дата: 10.12.2015 | Комментарии (0)

10.12.2015 в 06:10
Avstarliyaning Melburn shifoxanalaridan biridagi
jonlantirish bo'limiga yotqizilgan qizning ahvoli
tajribali shifokorlarni ham dovdiratib qo'ydi. 17
yoshli maktab o'quvchisi Ellen Littsovning ko'rinishi
ayanchli bo'lib, u 40 kg ga oriqlab ketgan edi.
Shifokorlar bir haftadan buyon tuz totmayotgan
qizning hayotini arang saqlab qolishdi. Uning bunday
holga tushishiga sinfdoshlari qizning ustidan
kulishlari sabab bo'lgan.
“Semizligim uchun o'zimni yomon ko'rar edim. Shu
bois ozishga harakat qildim. Shoyad sinfdoshlarim
meni qabul qilishsa deb o'yladim. Boshida yaqinlarim
mening bu ishimga qarshilik qilishdi. Ammo men o'z
ahdimda qat'iy turdim”, — dedi Ellen.
Qiyinchilik bilan o'tgan bir necha oydan so'ng Littsov
40 kg ga ozib ketdi. U endi harakatlanishga ham
qiynalib qolgan edi. Chunki bundan butun badaniga
og'riq turar edi.
Noto'g'ri qo'llanilgan parhez tufayli u ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Sardorbek | Дата: 10.12.2015 | Комментарии (0)

10.12.2015 в 06:07
close