. 200 dan ziyod yurtdoshlarimiz O'zbekistonga qaytdi - 17 Марта 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Ср, 01.04.2020, 23:13
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2871]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 276

Статистика


09:31
200 dan ziyod yurtdoshlarimiz O'zbekistonga qaytdi
Koronavirusning geografik qamrovi kengayib borayotgani sababli o'qish, biznes, sayohat va boshqa ezgu maqsadlar bilan dunyoning turli mamlakatlarida bo'lib turgan yurtdoshlarimizni vatanimizga olib kelish davlatimiz rahbari va hukumatining diqqat markazida turibdi.
16 mart kuni Namangan xalqaro aeroportiga Erondan va Riga shahridan charter reys bilan uchgan Mudofaa vazirligiga qarashli samolyot va “Uzbekistn Airways” MAK ning zamonaviy layneri 15 daqiqa oraliq farqi bilan, ya'ni soat 21.45 va 22.00 da qo'ndi. Ularning bortida Eron (37 kishi) va Latviya (175) davlatlaridan olib kelingan jami 200 nafardan ziyod O'zbekiston fuqarolari bor edi.

Maxsus reyslar yo'lovchilari viloyat hokimligi huzurida tuzilgan shtab, sog'liqni saqlash boshqarmasi, sanitariya epidemiologiya nazorati markazi va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi komissiyalari tomonidan koronavirus tarqalishi profilaktikasiga doir belgilangan chora-tadbirlar asosida kutib olindi.

Dastlab maxsus kiyim-boshlar bilan himoyalangan tibbiyot sohasi mutaxassislari tomonidan yo'lovchilar birma-bir dezinfeksiya qilinib keyin samolyotdan chiqarildi va ular avtobuslarda tibbiy nazorat karantinida saqlash uchun tayyorlab qo'yilgan tibbiyot muassasalariga jo'natildi.

– Eronga borgan edik, koronavirus bilan bog'liq vaziyat keskinlashib, xalqaro aviaqatnovlar bekor qilinib, qolib ketdik, – deydi harbiy samolyotdan tushgan yo'lovchilardan biri A. Akbarov. – Boshqa davlatlar ham o'z chegaralarini yopib qo'ydi. Biroq, davlatimiz tomonidan bu masalada yana bir bor insonparvarlikning oliy namunasi namoyon etildi. Bizni qaytarib olib kelishdi. Shodlikda ham, tashvishda ham o'z vataningda bo'lganingga yetmaydi. Men o'zim ham shifokorman, virus, bunday kasallik nimaligini juda yaxshi tushunaman. Shuning uchun bugun birga kelgan hamyurtlarimiz orasida koronavirus yuqtirganlar yo'q deb o'ylayman. Mana shu reysda kelganlar nomidan Prezidentimizga, Erondagi elchi va konsullarmiz hamda shu tadbirga aloqador barcha insonlardan behad minnatdorligimizni bildiraman.

– Prezidentimizga katta rahmat aytmoqchiman, – deydi Erondan kelgan charter reysning yo'lovchilaridan yana biri G.Qosimova. – Tadbirkorlik sohasida shartnoma tuzgani borgan edik, qolib ketdik. Koronavirus vahimasi tobora kuchayib ketgani bois, biznes ham ko'zga ko'rinmay qoldi. Lekin qani endi, Erondan chiqib keta olsak! Mana xudoga ming bor shukur, yurtimiz tuprog'ida turibmiz. U yoqda ham qiynalganimiz yo'q, elchixonalarimiz tomonidan biz uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi.

Viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i S.Mo'minov so'zlariga ko'ra, Eron va Rigadan olib kelingan yurtdoshlarimiz To'raqo'rg'on tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi va Kosonsoy sihatgohlaridagi maxsus tayyorlab qo'yilgan joylarga yotqizib, 14 kunlik karantin nazoratiga olinadi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 20 | Добавил: Admin | Теги: 200 dan ziyod yurtdoshlarimiz O'zbe | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Март 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020