Пн, 11.11.2019, 23:40
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2731]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 267
Мини-чат
Статистика


08:46
1 oktyabrdan mashinalar narxi oshmaydi!
Bu haqda, «UzAuto Motors» AJ xabar bermoqda.

Kompaniyaning eslatishicha, 2019 yilning 1 oktyabridan e'tiboran yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun Respublika yo'l jamg'aramasiga amalga oshiriladigan 3% miqdoridagi yig'im bundan buyon avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to'lanadi.

Xaridorlar esa o'sha 3%lik to'lovni endilikda Ichki ishlar organlarida emas, balki avtomobil xarid qilayotgan chog'ida avtomobil narxi bilan birga amalga oshirishi lozim bo'ladi. Bu xaridorlarga qo'shimcha qulaylik yaratadi, demoqda kompaniya.

1 oktyabrgacha shartnoma imzolagan, ammo hali avtomobilini olmagan xaridorlar bilan qo'shimcha kelishuv imzolanadi va ular 3%lik to'lovni avtomobilni qabul qilib olish chog'ida dilerlik korxonasiga to'laydi.

Garchi UzAuto Motors AJ 1 oktyabrdan e'tiboran QQS to'lovchisiga aylansa ham, avtomobil narxlari Respublika yo'l jamg'armasiga amalga oshiriladigan mazkur to'lovni inobatga olmaganda o'zgarishsiz qoldirilgan.

Xabar so'nggida kompaniya barcha xaridorlarga dilerlik korxonalari xodimlari tomonidan narxlar oshishi borasida berilayotgan boshqa ma'lumotlarga ishonmaslikni, barcha rasmiy ma'lumotlar faqat kompaniyaning rasmiy saytida e'lon qilinishini eslatib o'tgan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 64 | Добавил: Admin | Теги: 1 oktyabrdan mashinalar narxi oshma | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Сентябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Reklama
Copyright MyCorp © 2019