Главная » 2019 » Ноябрь » 21 » 19 yoshli yigitning o'lish pallasini do'stlari videoga olishdi.
10:04
19 yoshli yigitning o'lish pallasini do'stlari videoga olishdi.
Bu yoqimsiz voqea Hindistonning Karnataka shtatida sodir bo'ldi. 19 yoshli Jaffer Ayub ismli yigit ikki do'sti bilan suv havzalaridan biriga cho'milish uchun borgandi. Uch o'rtoq cho'milish lahzalarini videoga olishga kelishishdi. Ayub suvga sakragach, suzishni yaxshi bilmasligi uchunmi, qaytib qirg'oqqa chiqishni sira uddalay olmadi. Qirg'oqda turgan do'stlaridan biri bir marta uni qutqarish uchun qo'l uzatdi-yu, negadir darrov qo'lini qaytib oldi. Ayub yana havza ichkarisiga ketdi. Uyog'i fojiali kechdi. Do'stlar uning cho'kayotganini ko'rib turib ham qutqarish o'rniga shu manzarani videotasmaga tushirishdi. Keyinroq suv havzasiga kir yuvish uchun kelgan ayollar qutqaruvchilarni chaqirishdi. Afsuski, kech edi. Ayub allaqachon jon berib ulguribdi.