Вт, 23.07.2019, 21:15
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2667]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [140]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 259
Мини-чат
Статистика


17:02
19 yoshli tojik qizi: «Mening nomusimni bulg'ashdi. Ammo militsionerlar arzimni qabul qilmayapti…»
Tojikistonning Varzob tumanida yashovchi J. A. ismli 19 yashar qiz hamqishlog'i, qo'shnisi 23 yoshli D. S. degan yigit nomusini bulg'agani, agar birovga arz qilsa, yomon bo'lishini aytib qo'rqitganini bayon qilib tuman militsiya bo'limiga shikoyat arizasi taqdim etgandi. Ammo qo'shni yigit qizning ayblovini tan olmadi. U aytdiki, nima bo'lsa, qizning roziligi bilan bo'lgan. Militsiya xodimlari ushbu shikoyat arizasi yuzasidan zarur hujjatlarni tayyorlab qo'yishgan. Lekin amaliy ishga o'tishgani yo'q. Ta'kidlashdiki, ikki tomon muammoni tinchlik yo'li bilan hal qilishini kutishmoqda.
Qizning gapiga qaraganda, bu voqea 5 oy burun sodir bo'lgan. O'sha kuni qiz 2 yashar jiyani bilan uyda yolg'iz ekan. Qo'shni yigit D. S. kirib kelibdi-da, qomati unga juda yoqishini aytib xushomad qila boshlabdi. Qiz unga «Siz akam o'rnidasiz. Bu nima deganingiz?» deya javob qaytargan. Lekin yigit qizning qarshi so'zlariga e'tibor qilib o'tirmagan. Qarshilik ko'rsatishga qizning kuchi yetmaganmish.
— U nafsini qondirgach, — deydi J. A. — Birovga churq etsam, o'zimga yomon bo'lishini aytib qo'rqitdi…
Yigit bir narsaga e'tibor qaratishlarini talab qildi. Uning ishonch bilan aytishiga ko'ra, voqea 5 oy burun sodir bo'lgan. Lekin nega o'sha kuni emas, oradan shuncha vaqt o'tib shikoyat qildi? Shundan ham oradagi intim munosabat ikki tomonning roziligi bilan sodir bo'lganini bilib olish qiyin emas.
Qizning ota-onasi oldiniga aybdor yigitnikidan sovchilar kelishini kutdi. Lekin uzoq kutib o'tirishni istamadi. Militsiyaga murojaat etib, shu yigitni qiziga uylanishga majbur etishlarini so'radi. Shuning uchun ham militsiya xodimlari ish ochishga shoshilishmayapti. Ikki oila tinchlik yo'li bilan o'zaro kelishib olishlarini kutishmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 197 | Добавил: Admin | Теги: 19 yoshli tojik qizi: «Mening nomus | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Корзина
Ваша корзина пуста
Поиск
Календарь
«  Июль 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019