Сб, 18.08.2018, 05:45
Приветствую Вас, Mexmon

14:39
16 yoshli qiz o'gay otasidan farzand ko'rdi. Diyonatsiz erkak qanday jazoga loyiq?..
Qirg'izistonning O'zgan tuman sudi B. J. ismli erkakni o'tgan yili 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm e'lon qilgandi. Ammo jabrlanuvchining advokati u bir umrlik qamoq jazosiga loyiqligini aytgan holda appelyatsiya sudiga murojaat etdi. Shikoyat arizasida aytiladiki, erkak o'gay qizini 5 yil davomida zo'rlab kelgan. Ariza O'sh viloyat sudida ko'rib chiqildi va jinoyatchi 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi haqida yangi hukm e'lon qilindi.

Tergov bayonnomasidan:

Jabrlanuvchining qarindoshlari aytishdiki, onasi eri uzoq davom etgan xastalikdan so'ng olamdan o'tgach, 2011 yili bolalari bo'lishiga qaramay, O'zganda yashovchi erkakka turmushga chiqdi. O'shanda qizi 11 yoshni qarshilgandi. O'shandayoq o'gay otasi uning nomusini poymol qilgan va agar kimga churq etsa, o'ldirib, onasi bilan birga daryoga cho'ktirib yuborishini aytib qo'rqitgan. Shunday qilib u besh yil davomida qizni zo'rlab kelgan. Oqibatda 2017 yili qiz homilador bo'lib qolgan.

Homiladorligidan xabar topdi deguncha, o'gay ota uni go'yo turmushga chiqqan qiz qiyofasida vrach ko'rigidan o'tish uchun yuborgan. Vrach homila besh oylik bo'lganini ma'lum qilgan. Shundan keyin uni vaqtincha yashab turishi uchun Bishkekka jo'natgan. Ammo tez orada qiz yana O'zganga qaytdi. O'gay ota azbaroyi vahimaga tushganidan o'zi qizni vrachga olib bordi va jami 26 ming so'm evaziga homilani oldirib tashlashga harakat qilib ko'rdi. Iloji bo'lmadi. Vrachlar bu ishga qo'l urishdan tiyilishdi.

Oyni etak bilan yopib bo'larmidi. Qarindoshlar voqeadan baribir xabar topishdi. Lekin bolaning otasi kimligini idrok eta olmay qolishdi. Negaki, qiz sukut saqlashdan nariga o'tmasdi. O'gay otasidan qo'rqardi.
Ruhiy zarba qizni o'limga yetaklayverdi. Uch marotaba joniga qasd qilib ko'rdi. Ajali yetmagan ekan, tirik qoldi. Oxiri bardoshi tamom bo'ldi. Yaqin qarindosh ayollardan biriga yorildi. O'gay otasidan homiladorligini, u besh yil davomida nomusiga tegib kelganini… Hamma-hammasini to'kib soldi…
Erkak 2017 yil 28 avgustida qo'lga olindi.

Jabrlanuvchi esa farzandini baribir dunyoga keltirdi. Ammo tug'ruq jarayoni og'ir kechgani sababli uzoq vaqt kasalxonada yotishga majbur bo'ldi. Ana shundan keyin uni onalik huquqidan mahrum etishdi. Bolaga uning singlisi boquvchi sifatida tanlandi.

Hozirgi vaqtda jabrlanuvchi bilan psixologlar ish olib bormoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 359 | Добавил: Admin | Теги: 16 yoshli qiz o'gay otasidan farzan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar