15:04
155 mln dollarga ekranlashtiriladigan “Mahobhorat” Hindiston tarixidagi eng qimmat filmga aylanadi
Hindiston o‘z tarixidagi eng qimmat filmni suratga olishga qaror qildi. Bu “Mahobhorat” eposi bo‘ladi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

“Mahobhorat” qadimiy eposining ekranlashtirilishi 155 million dollar deb baholanmoqda. Gollivud standardlari bo‘yicha bu katta mablag‘ emas, biroq Hindistonda shu kungacha qimmat filmlar kam hollarda 25 million dollardan oshar edi.

Film Bavagutu Raguram Shetti ismli BAAdan bo‘lgan tadbirkor tomonidan moliyalashtiriladi. U “Mahobhorat”ni barcha eposlarning eposi deb hisoblashini qayd etdi.

Film “Mahobhorat”ning Vasudevan Nayarning “Ikkinchi burilish” kitobida hikoya qilinadigan talqini asosida yaratiladi. Ushbu yozuvchi loyihada ssenariy muallifi sifatida qatnashadi.

Suratga olish ishlari 2018-yil sentabr oyida boshlanishi kutilmoqda. Rejalarga ko‘ra, kinolenta ikki qismdan iborat bo‘ladi. Film premyerasi 2020-yilga mo‘ljallangan.

Aktyorlar tarkibi hozircha e’lon qilinmadi. Ta’kidlanishicha, kinokartinada Bollivudning eng iste’dodli ijodkorlari hamda Gollivudning “yirik nomlari” ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida “Mahobhorat” serialining namoyishi to‘xtatib qo‘yilgandi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 636 | Добавил: Admin | Теги: 155 mln dollarga ekranlashtiriladig | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close