VOYBU.NET
BIRINCHI MUSIQIY!
Контакты ГлавнаяMузыкаКлипыНовостиФотогалереяСтихиМобильная версия

Shu yil 15 may kuni Toshkent viloyati Yangiyo'l tumanida 18 yoshli Natalya Filina ismli qiz uydan chiqib maktabga yo'l olgan va ortga qaytmagan. Natalya o'qiydigan №48- maktabdagilar o'sha kuni qiz darsga kelmaganini aytishdi. Qizning ota-onasi huquqni muhofaza qilish tashkilotiga shu haqda murojaat etishgan.

Natalya o'sha kuni uydan chiqqanda, oq kofta va qora yubkada bo'lgan. Natalyaning qaerdaligini bilganlar yoki shu haqda qandaydir ma'lumotga ega bo'lganlar quyidagi telefon raqamlariga qo'ng'iroq qilishlari so'raladi:

+998974628283

+998998632917
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: Вчера | Комментарии (0)

Вчера в 06:52
Deutsche Bank tomonidan har yili tayyorlanadigan eng yuqori maosh beruvchi shaharlar reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, birinchi o‘rinni AQShning San-Fransisko shahri egallagan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Ikkinchi o‘rinni esa Shveysariyaning Syurix shahri, uchinchi o‘rinni esa AQShning Nyu-York shahri egallagan. O‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, San-Fransiskodagi o‘rtacha ish haqi soliqlar bilan 6,5 ming dollarni, Syurixda esa deyarli 5,9 ming dollarni, Nyu-Yorkda esa 4,6 ming dollarni tashkil etadi. Shuningdek, eng yuqori oylik maosh beradigan shaharlar ro‘yxatidan Boston, Chikago, Sidney, Oslo, Kopengagen, Melburn va London ham joy egallagan.

Rossiyaning shaharlari reytingga kirmagan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 20.05.2019 | Комментарии (0)

20.05.2019 в 22:00
Farg‘onalik erkak nikohsiz turmush o‘rtog‘ining umriga zomin bo‘ldi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

18-may kuni Farg‘ona shahri Quvasoy ko‘chasida yashovchi 43 yoshli N.A uyida oilaviy janjal tufayli birga yashagan 40 yoshli nikohsiz ayoli L.Gning yuziga qo‘li bilan urgan.

Natijada ayol boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan. Oqibatda L.G 19-may kuni olgan tan jarohatlari tufayli uyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.A ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 20.05.2019 | Комментарии (0)

20.05.2019 в 21:57
Fojia 1 may kuni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida sodir bo'ldi. «Dehqonobod-Boysun-Qumqo'rg'on» yo'nalishi bo'yicha harakatlanayotgan poezd relslardan chiqib ag'darilib ketdi. Hozirgi paytda jabrlanganlar, halok bo'lganlar haqida ma'lumot berilmagan. Shu haqda «O'zbekiston temir yo'llari» aksiyadorlik kompaniyasidagilar rasman ma'lum qilishgan. Kompaniya matbuot xizmati vakillarining ta'kidlashicha, to'liq ma'lumot olishlari bilan darhol xabar berisharkan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 03.05.2019 | Комментарии (0)

03.05.2019 в 07:18
Xitoylik Lyu Yaszyuan ismli ayol tug'masidan oldin atigi 50 kilogramm vaznga ega edi. Tug'ruqdan so'ng qisqa fursatda semirib ketdi. Vazni 90 kilogrammgachani tashkil etdi-qo'ydi. Eri esa semirib ketgan xotini bilan ajrashish uchun sudga ariza berdi-yu, tashladi-ketdi. Unga xotinining ozg'inlikdagi ko'rinishi yoqarkan. Hozirgisini ko'rishga ko'zi yo'qmish.

— U meni erkalab, suyib charchamasdi, — deydi Lyu ko'ziga yosh olib. — Mana, undan tug'ilgan bola ikki yosh bo'ldi. Hali biror marta hech bo'lmasa bolasidan xabar olishga yaramadi…

Afsus, ayolning semirishi bekorga emaskan. Vrachlar tekshirib ko'rib u jigar yog'li gepatoziga uchraganini aytishdi. Xastalikdan xalos bo'lish uchun alohida sport mashg'ulotlariga qatnashi talab etilarkan. Lyu shug'ullanishni boshladi. Tan olib aytishicha, bir necha hafta ichida 10 kiloga yaqin vazn tashlabdi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 02.05.2019 | Комментарии (0)

02.05.2019 в 06:19
“Miss Fransiya” go‘zallik tanlovi ishtirokchisi Morgan Rollan traktor tagida qolib, halok bo‘ldi. Bu haqda “Mk.ru” xabar berdi.

22 yoshli sohibjamol Voshet shahri yaqinida velosipedda sayohatga chiqqan. U yo‘lidan chiqqan avtomobildan qochishga uringan, ammo nazoratni yo‘qotib, traktorga to‘qnashib ketgan.

Tanlov tashkilotchisi Silviya Telye marhumning yaqinlariga ta’ziya bildirgan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 01.05.2019 | Комментарии (0)

01.05.2019 в 08:13
O‘zbekistonda 2019-yil yakunida mamlakatdagi ilk pullik avtomobil yo‘l qurilishini boshlash rejalashtirilmoqda. Bu Prezidentning “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Toshkent va Samarqand shaharlarini bog‘lovchi ushbu yo‘l 2021-yil oxirida foydalanishga topshiriladi.

Hujjatga ko‘ra, Toshkent — Samarqand pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi Turkiya kompaniyalari konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladi.

Yo‘l Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hududidan o‘tadi. Loyiha qiymati hozirda aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent—Andijon pullik yo‘li qurilishi haqida xabar berilgandi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 01.05.2019 | Комментарии (0)

01.05.2019 в 08:09
Kim bilsin? Bu tarbiya ko'rmagan haydovchi qizning sportchi ekanini bilmagan ko'rinadi. Shu sababli shaharning odamlar ko'zidan panaroq joyiga yetganda, mashinasini to'xtatdi-yu, yo'lovchi qizga yopishdi. Bu qiz badiiy gimnastika bilan shug'ullanarkan. Bir siltanishda hayosiz taksichining qo'lidan chiqdi va qochib ketdi. Haydovchi esa qiz unutib qoldirgan 30 ming rubl pulga ega chiqib xursand bo'lgandi. Xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi. Jabrlanuvchi politsiyaga xabar bergan ekan. Taksichini qo'lga olishdi. Endi u qilmishi uchun qonun oldida javob beradi.

Aslida shunisiga ham shukr qilsa bo'lardi. Chunki gimnastikachining o'rniga karate yo boshqa jangovar sport turi bilan shug'ullanuvchi qizga yo'liqsa, jazoga tortilishga-da ulgurmay qolgan bo'lardi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 30.04.2019 | Комментарии (0)

30.04.2019 в 21:12
Hukumatning Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish, talabalar o'qishini ko'chirish, qayta tiklash va o'qishdan chetlashtirish tartibi to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlash to'g'risidagi qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Kiritilgan qo'shimchalarga muvofiq, turk tilini chet tili sifatida o'qigan abiturientlar ham mazkur tildan ko'p balli baho tizimi bo'yicha imtihon topshiradilar.

Endilikda oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirishda 086-U-shakl bo'yicha tibbiy ma'lumotnoma talab qilinmaydi.

Quyidagilar oliy ta'lim muassasalariga qo'shimcha davlat grantlari asosida imtihonsiz o'qishga qabul qilinuvchilar qatoriga kiritildi:

Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanidagi Ishoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internatni a'lo baholarga bitirgan bitiruvchilar bakalavriatning xorijiy til va adabiyot, filologiya va tillarni o'qitish yo'nalishlariga;
har bir harbiy qismdan bittadan yosh ha ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 30.04.2019 | Комментарии (0)

30.04.2019 в 07:51
1996-yilda tug‘ilgan D.M otasi B.Q. bilan janjallashib qolib, oshxona pichog‘i bilan unga tashlandi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi ma’lum qildi.

B.Q. olgan og‘ir tan jarohati oqibatida tuman tibbiyot birlashmasida vafot etdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangibozor tuman sudi raisi Sh.Xo‘janiyozov raisligida o‘tkazilgan sud muhokamasida ushbu jinoiy ish ko‘rib chiqildi. Sudlanuvchi D.M.ning ayolligi, yoshligi, turmushga chiqmaganligi, marhum otasining qiziga nisbatan nojo‘ya xatti-harakatlari va shu bilan bog‘liq oilasidagi nosog‘lom muhitning ta’siri inobatga olinib, unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 28.04.2019 | Комментарии (0)

28.04.2019 в 13:08
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Pekinda xitoylik taniqli kinoaktyor Jeki Chan bilan uchrashdi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.

Muloqot chog‘ida Nazarboyev Jeki Channing dunyo kinosidagi salmoqli o‘rnini e’tirof etdi va u bilan uchrashganidan mamnun ekanligini bildirdi.

Jeki Chan o‘zining ijodiy rejalari, kino sanoati sohasida qo‘shma loyihalar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ma’lumot uchun, Jeki Chan 2017-yil yozida Qog‘og‘istonda bo‘lgan va Xitoy kinosi kunlarida ishtirok etgandi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 28.04.2019 | Комментарии (0)

28.04.2019 в 13:04
Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining iqtisodiyot fakulteti dekani X.A. 4-kurs talabalari O.A. va Q.M.larni institut talabasi safidan chiqarish bilan qo‘rqitib, ularning har biridan 200 AQSh dollari talab qilib, jami 400 AQSh dollarini xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 22.04.2019 | Комментарии (0)

22.04.2019 в 19:40
AQShning Kaliforniya shtatida 11 yoshli Deniz Saldeyt ismli qiz tish pastasiga allergiyasi borligi sabab vafot etdi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

Qizchaning sut mahsulotlariga nisbatan allergiyasi bo‘lgan. Lekin uning oilasi tish pastasining tarkibida bolani o‘ldirish darajasida oqsil borligini bilmagan.

“Hammasiga men aybdorman”, — deydi qizchaning onasi.

Tish pastasini ularga stomotolog tavsiya qilgan.

Denizning oilasi doim mahsulot tarkibida oqsil yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun qadoqni e’tibor bilan o‘qib chiqishga odatlangan. Yaxshilab tekshirgach, uni qizchaga berishar edi. Stomotolog qizchaga tish emalini mustahkamlash uchun davolovchi MI Paste One tish pastasini tavsiya qilgan. Pastaning tarkibida oqsil borligini hayoliga ham keltirmagan qizchaning oilasi 4-aprel kuni Deniz tishlarini yuvayotganda anafilaktik shokka tushganini ko‘rib, hayron qolgan.

Onasining so‘zlariga ko‘ra, qizcha faqat “Tish pastaga ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 21.04.2019 | Комментарии (0)

21.04.2019 в 19:46
Sankt-Peterburgda shirakayf qiz tojikistonlik 10 yoshli bolaga jiddiy jarohat yetkazgan. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.

Bolaning otasi, Tojikiston fuqarosi, tunda politsiyaga murojaat qilgan. Uning farzandi Peterburg kasalxonalaridan birida o‘rtacha darajadagi og‘ir ahvolda yotgan. Bolaga miya chayqalishi deb tashxis qo‘yilgan, shuningdek, boshi va bo‘ynidan kaltak yegani aniqlangan. Politsiya holat yuzasidan tekshiruv ishlarini olib bormoqda va gumonlanayotgan jinoyatchi — 2002-yilda tug‘ilgan qizni qidirmoqda.

Huquqni muhofaza qilish xodimlariga xabar berilishicha, ikkinchi gumondor 15 yoshli qiz. Ikki dugona Peterburgning Kirov tumanidagi hovlilardan birida spirtli ichimlik ichgan. Keyin u yerda o‘n yoshli bola bilan tanishishgan. Biroz vaqt o‘tgach, qizlardan kattarog‘i bolani garajlar yaqini olib borgan. Shundan keyin chinqiriq ovozi eshitilgan va 15 yoshli qiz qo‘rqib, qochib ketgan. Ortiga qaytib kelganida esa uni politsiya qo‘lga tushirgan. Bolaga ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 21.04.2019 | Комментарии (0)

21.04.2019 в 19:45
Samarqanddagi Amir Temur maqbarasida Markaziy Osiyoda birinchi smart-muzey ochildi. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.

Hozirda o‘nta ko‘rgazma uchun 5 til — rus, o‘zbek, ingliz, fransuz va koreys tillarida ovozli qo‘llanma mavjud. Ko‘rgazma yoki maqbara haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun mehmonlar zamonaviy interaktiv usullardan foydalanishlari mumkin.

Tashrif buyuruvchilar uchun smartfondan foydalanilganda (har bir tashrifchiga quloqchin beriladi) asosiy eksponatlar uchun ovozli ko‘rsatmalardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi. Smartfon kamerasi ko‘rgazma obyektiga yo‘naltirilsa, mehmonga u haqida hikoya qiladi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 15.04.2019 | Комментарии (0)

15.04.2019 в 21:03
Tojikistonning So‘g‘d viloyati sudi o‘z singlisini o‘ldirgan akani 18 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Tojikiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, Sputnik xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, qotillik So‘g‘d viloyatining Istaravshan shahrida sodir etilgan. Fuqaro 17 yoshli singlisini qishloqda oila obro‘sini to‘kkanlikda ayblab, og‘ilxonaga olib kiradi. U yerda o‘rtalarida yuzaga kelgan janjal vaqtida qizni sellofan paket bilan bo‘g‘ib o‘ldiradi. So‘ngra jasadni og‘ilxonada olib chiqib yashirish maqsadi uning boshini tanasidan judo qiladi.

Bu voqeadan xabar topgan yigitning otasi o‘g‘liga yordam berish maqsadida qizining jasadini Opel Vectra rusumli mashinaga ortib, eski suvsiz kanalga yashirgan.

Keyinchalik Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari jinoyat sodir etishda gumon qilingan akani qo‘lga olgan. Qotil Tojikiston JKning tegishli moddali bilan aybdor deb topilgan va unga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 15.04.2019 | Комментарии (0)

15.04.2019 в 21:01
Viloyatda aholiga transport xizmati ko‘rsatish natijadorligiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda Samarqand shahridagi Dahbed, Ro‘dakiy va Shohi Zinda hamda Spitamen, Beruniy va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmalarida yo‘nalishsiz taksilar uchun maxsus jihozlangan to‘xtash joylari qurilishi belgilandi. Bu haqda Zarnews xabar berdi.

Shuningdek, bir oy muddatda ta’mirtalab ahvolda bo‘lgan Ishtixon tumanidagi 40 ta, Tayloqdagi 33 ta, Payariqdagi 26 ta , Qo‘shrabotdagi 22 ta , Oqdaryo va Paxtachidagi 15 tadan hamda boshqa tumanlardagi oraliq bekatlarni ta’mirlash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 15.04.2019 | Комментарии (0)

15.04.2019 в 20:58
Andijonning Marhamat tumani, Guliston mahallasida yashovchi 23 yoshli ayol O.O. janjal tufayli “Turon” mahallasida yashovchi A.N.ni g‘isht bilan urib o‘ldirdi, deb xabar berdi O‘zA.

Ma’lum bo‘lishicha, O.O. avvaldan tanishi bo‘lgan A.N.dan pul qarz olgan. Qarzini so‘rab kelganda ularning o‘rtalarida katta janjal kelib chiqqan va O.O. pulini qaytarishni so‘ragan ayolni g‘isht bilan urib o‘ldirgan.

Shundan so‘ng O.O. opasi M.O.ni yordamga chaqirgan. Opa-singil qotillikni yashirib, jasadni ko‘rpaga o‘rab, tovar olib ketyapmiz, deb taksida Andijon tumanidagi Istiqlol mahallasida yashovchi otalarining uylariga olib kelgan. U paytda otasi uyda bo‘lmagan, onasi esa kasal yotgan. Uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib jasadni chekkadagi xonaga yashirib qo‘ygan.

Xitoy davlatidagi oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan o‘g‘liga bank orqali pul yuborish maqsadida ertalab chiqib ketgan, yonida pul va tilla taqinchoqlari bo‘lgan A.N. ning o‘sha kuni uyiga qaytmagan ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 09.04.2019 | Комментарии (0)

09.04.2019 в 20:54
8-aprel kuni kechqurun viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i A.Ubatov suvda cho‘kayotgan qizni qutqarib qoldi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga xabar berdi.

8-aprelda soat 22:00 da Guliston shahridagi “Do‘stlik” kanali qirg‘og‘i bo‘ylab ketayotgan viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i A.Ubatov suv yuzasidan kelayotgan past ovozdagi shovqinni eshitib qolgan. Diqqat bilan tikilib, odam oqib kelayotganiga ishonch hosil qilgan. So‘ngra zudlik bilan yaqin atrofdagi vagon tomonga yugurib borib, belkurak topib kelgan. Tezda ustki kiyimlarini yechib, o‘zini suvga tashlagan. Oqib ketayotgan odam ikki qo‘li bilan qutqaruvchi uzatgan belkurakning dastasidan mahkam ushlab olib, o‘zi ham chiqishga harakat qilgan. Jabrlanuvchini bir amallab qirg‘oqqa tortib kelgan A.Ubatov yo‘lakdan o‘tayotgan ikki nafar ayolga “tez yordam” chaqirishlarini iltimos qilgan. Hodisa joyiga yetib kelgan odamlar bir-birlarining qo‘llaridan mahkam tutib, zanjir bo‘lib, suv bo‘yidan tortib olishgan.
... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 09.04.2019 | Комментарии (0)

09.04.2019 в 20:47
Samarqandda oradan 30 yildan oshiqroq vaqt o‘tib bir yo‘la ikki o‘zbek-tojik filmi suratga olinadi. Bu haqda “Pravda Vostoka” muxbiri Anastasiya Pavlenko xabar bermoqda.

Samarqanddagi ko‘plab loyihalar tashabbuskori, Vendo kompaniyalar guruhi direktori Xayrullo Mamasoliyev tojikistonlik rejissyor Sobir Sobirovning qirq qiz afsonasi bo‘yicha film olish g‘oyasi bilan qiziqib qoldi va unga hamkorlikni taklif etdi.

—Birinchi film “Gavhar” deb nomlanadi va Afrosiyobni dushmanlardan himoya qilgan So‘g‘diyonaning afsonaviy amazonkalari haqida hikoya qiladi. Filmda tryuklar ko‘p bo‘ladi, shu sababli yil davomida faqat tayyorgarlik bilan shug‘ullanamiz. Hozir qizlar tanlovi ketmoqda, keyinchalik ularni otda chopish, qilich o‘ynatishga o‘rgatamiz. Bunga parallel ravishda samarqandlik to‘rt do‘st haqida komediyani suratga olamiz. Ulardan biri tojikistonlik qizni sevib qoladi va unga uylanishni istaydi. Bundan oxir-oqibat nima chiqishini tomoshabin filmni ko‘rgach bilib o ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 04.04.2019 | Комментарии (0)

04.04.2019 в 20:58
1 2 3 ... 143 144 »
VOYBU.NET
Меню сайта
Статистика

Вход на сайт
Login:
Parol:
Copyright © 2013 VOYBU.NET Все права защищены.По всем вопросам пишите на voybu.net@mail.ru
%