VOYBU.NET
BIRINCHI MUSIQIY!
Контакты ГлавнаяMузыкаКлипыНовостиФотогалереяСтихиМобильная версия

21:09
Узбекистоним vatan uchun sher
Muqaddas zaminda muqaddas makon,
Bir yurt bor men uchun jonday qadrdon.
Odamlari mehribon, ko‘ksidir osmon,
Chehrasining nuridan qalbim charog‘on.

Bu erda har nedan azizdir inson,
Do‘st uchun borini aylarlar ehson.
Mayog‘i e'tiqod, mash'ali iymon,
Bu mening buyugim — hur O‘zbekiston!

Sen mening g‘ururim, sen mening shonim,
Onamdek mehribon O‘zbekistonim!

Bag‘ringda qoldirib shodligu armon,
O‘tdi tarixingda necha ming karvon.
O‘tmishing qalbimga solar hayajon,
Har bir nafasingda ming bitta doston.

Bog‘iga o‘t ketsa, kelsada to‘fon,
Sher aslo raqibga bermagay imkon.
Sheryurak o‘g‘lonlar qo‘rg‘oni posbon,
Osmoning musaffo hur O‘zbekiston.

Sen mening g‘ururim, sen mening shonim,
Yiqilmas qo‘rg‘onli O‘zbekistonim.

Bu ne sinoat-ki, bu ne diyonat?
Yurt uchun o‘lmoqlik bo‘lsa saodat?
Spitamen, Shiroqda qaydan jasorat?
Iskandar, Doroni to‘xtatgan qudrat?!

Yurtdoshim: sadoqat, mehr-muhabbat,
Xalqimga berilgan azaliy ne'mat.
¬G‘¬¬¬¬ururdan yurakda to‘lqin to‘xtamas,
Xalqim ham yurtimday aziz muqaddas.
Sen mening g‘ururim, sen mening shonim,
Metin qalqonli O‘zbekistonim.

Yorug‘dir osmoning, toptalmas bo‘stoning,
Qalqon Malik, Jaloliddin sultoning.
Yurtim, deb Sarbador boshin qo‘ysa dor,
Oldi oring jahongir Sohibqironing.

Qora kuning bo‘ldi sho‘ro qatag‘on.
Sor o‘g‘lonlaring bo‘ldi-ya qurbon.
Mavarounnahr, goho Тurkiston,
Mangu yashagaysan hur O‘zbekiston.

Sen mening g‘ururim, sen mening shonim,
Mening saodatimsan — O‘zbekistonim.

Bobolarim — ziyo bergan dono alloma,
U Farobiy, u Xorazmiy, u Ibn Sino.
Beruniy u, Ulug‘bek u, Navoiy tanho,
Qalam bilan turk xalqini aylagan yakto.

Bo‘lsin desang ular ruhlari shodon,
Ilm mash'alin yoqib, lol ayla jahon.
Yurtboshing yo‘lingni aylar charag‘on,
Olam aro tanho — hur O‘zbekiston!

Sen mening g‘ururim, sen mening shonim,
Ko‘zimning qarosi O‘zbekistonim!
Категория: Vatan | Просмотров: 6 | Добавил: Admin | Теги: Узбекистоним vatan uchun sher | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
VOYBU.NET
Меню сайта
Статистика

Вход на сайт
Login:
Parol:
Copyright © 2013 VOYBU.NET Все права защищены.VOYBU GROUP
VOYBU.NETМузыкаКлипыНовостиФотогалерея
Код
%
Сделать бесплатный сайт с uCoz