Главная » 2017 » Декабрь » 20 » SOTIBDI
13:08
SOTIBDI
Ko'nglimda bir dunyo armonlar.
Yurakka bosh qo'yib yotibdi.
Jonim deb jonimni berganim.
Sevgimni tilloga sotibdi.

Armonni bag'riga qo'yib bosh.
Alamdan yig'ladim ko'zda yosh.
Qadrimni bilmay ul - bag'ritosh.
Sevgimni tilloga sotibdi.

Yor desam chin yorga o'xshamay.
Qo'ygandi - sevgimni hushlamay.
Qo'l cho'zsam qo'limni ushlamay.
Sevgimni tilloga sotibdi.

Sobitdan halovat aridi.
Yosh umrim bemavrid qaridi.
Tilloga teng ishqim boridi.
Sevgimni tilloga sotibdi.

Shunchalar arzonmi muxabbat.
Oshiqdan begona bo'ldi baxt.
Muxabbatga uyg'otib nafrat.
Sevgimni tilloga sotibdi.
Категория: Sevgi | Просмотров: 44 | Добавил: Admin | Теги: SOTIBDI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz