Дарёларга ўхшар меҳрингиз,
Меҳр ичра мудом сеҳрингиз,
Зарра бўлсин йўқдир қаҳрингиз,
Онажоним, онажонгинам.

Кўзингизда не десам намлар,
Кўнглингизда ситаркан ғамлар,
Балки биздан кўплар ё камлар,
Онажоним, онажонгинам.

Меҳрингизни, билиб-билмадим,
Бағрингизни, тилиб-тилмадим,
Кулдимми ё билмам, йиғладим,
Онажоним, онажонгинам.

Ҳаялласам, хавотирдасиз,
Гарчанд ҳар дам сиз, хотирдасиз,
Хаёлингиз мудом бизда-сиз,
Онажоним, онажонгинам.

Дардингизга малҳам бўлайин,
Бўлолмасам барҳам бўлайин,
Ўлсам, пойингизда ўлайин,
Онажоним, онажонгинам.

УМИДЖАҲОН Мамаджанов шеъри
Мурожаат учун тел:
+998 93 189-99-28
Категория: OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR | Просмотров: 514 | Добавил: Admin | Дата: 25.12.2018 | Комментарии (0)

Марҳум энам
Мирзакаримова Бувалма
хотирасига бағишланди
08.03.1927 - 11.06.2016.

Бугун сизни хотирлаб,
Соғинарман бир ўйлаб,
Шу шеърим ёздим эслаб.
Энажоним ўзимни,
Меҳрибоним ўзимни.

Дилда меҳрингиз қўмсаб,
Энди яшарман эслаб,
Тополмайман ҳам излаб.
Энажоним ўзимни,
Меҳрибоним ўзимни.

Сўзингиз қалбимда ёд,
Унутмайман умрбод,
Сиз эдингиз улуғзод.
Энажоним ўзимни,
Меҳрибоним ўзимни.

Баҳор қиш ўтар бўлди,
Неча тонг отар бўлди?
Сизсиз ғам ютар бўлди.
Энажоним ўзимни,
Меҳрибоним ўзимни.

Қўмсаб соғинар кўнгил,
Хотирлайман йилма-йил,
Энди ортга йўқдир йўл.
Энажоним ўзимни,
Меҳрибоним ўзимни.

Фарзандиман қизингиз,
Умидман неварангиз,
Ўзимман дилбандингиз.
Энажоним ўзимни,
Меҳрибоним ўзимни.

УМИДЖАҲОН Мамаджанов шеъри ... Читать дальше »
Категория: OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR | Просмотров: 347 | Добавил: Admin | Дата: 25.12.2018 | Комментарии (0)



Dunyoga keldimu, ne mexir kördim,
Ön yoshimdan Onajonim, sizdan ayrildim.
Olloxim buncha qisqa, umir berdi sizga,
Dunyoga töymasdan, yosh ketdingizda.
Farzandlaringiz töyini, köraolmadingiz,
Nabiralaringiz quchib, suyaolmadingiz.
Bolam deb bag'ringizga, bizni bosolmay,
Dadajonimning yonlarida, yuraolmadingiz.

Közlarim kuladi, qalbim yig'laydi,
Mexringizni sog'inib, yurak qumsaydi.
Armonim özingiz, Onajonim siz,
Onajonim, jon ona mexribonim edingiz.

Mana ulg'aydim, xayotni chundim,
Uylanadigan yoshimga, xam yetdim.
Sevgan yorim bor, ammo Onam yöq,
Sovchilikga boring degan, sözlarim armon.
Köchalarni Onam bor deb, kezolmayman,
Mexringizga zor qaqshab, chidayolmayman.
Faqat armon tiladi, bu qalbimni,
Ol ... Читать дальше »

Категория: OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR | Просмотров: 1528 | Добавил: G‘anisher | Дата: 28.10.2016 | Комментарии (0)

Onasizlik dardin onasiz bilar, Otasizlik dardin otasiz bilar, Ey farzand asragin shular ikkisin, Ota-onang senga faqat do'st bo'lar! Onajonim sizga rahmat deb turgin, Otajonim sizga rahmat deb turgin, Doim duolarin sen olib yurgin, Ota-onang senga faqat do'st bo'lar! Kim sababli shu kunlarga yetding sen, Kim sababli sinovlardan o'tding sen, Ular qolib kimning qo'lin tutding sen, Ota-onang faqat senga do'st bo'lar! Omading kelganda qo'l berganlarga, Ishing yurishganda yo'l berganlarga, Ishonma omonat dil berganlarga, Ota-onang faqat senga do'st bo'lar! Har kimni do'st bilib siringni aytma, Katta yo'lga chiqding ortingga qaytma, Fursat g'animatdir bilgin bu paytda, Ota-onang faqat senga do'st bo'lar! Yolg'on va'dalarga uchma do'stginam, Juda ko'p aldandi Ahad Qayum ham, Ikki inson bordir sirdosh har bir dam, Ota-onang faqat senga do'st bo'lar! Onasizlik dardin onasiz bilar, Otasizlik dardin otasiz bilar, Ey farzand asragin shular ikkisin, Ota-onang senga faqat ... Читать дальше »
Категория: OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR | Просмотров: 1460 | Добавил: Admin_Music_SL | Дата: 25.04.2016 | Комментарии (0)

Onamga sher yozsam,
yozolmayapman.
Ko'z yoshim yozuvni
yuvib ketyapti.
Musofir do'stlar men
bilolmayapman.
Bugun kim onasini
sog'inmayapti?
Shu pulning ishqida
dunyo kezyapmiz.
Bazida yig'lab,
bazan kulyapmiz.
Bir mushtipar bizni
uyda kutyapti.
Ayting kim Onasini
sog'inmayapti?
Xar kun ishdan
qaytganingiz maxal.
Yoki uyg'onsangiz erta tong saxar.
Kim sizni Onangizdek kutib olyapti?
Kim bugun Onasini sog'inmayapti?
Ko'z oldimdan ketmas mayus yuzlari.
Mexrdan yonadi Onam ko'zlari
bizni kutib bedor tuni o'tyapti.
Shundek Onani kim sog'inmayapti?
Men bugun
Onamni yomon sog'indim.
Sog'inchdan ko'z yoshim daryo
bo'lyapti.
O'zimcha yig'ladim, biroz yozildim.
Ayting kim Onasini
sog'inmayapti?
Onajonim yopgan
nonni sog'indim.
Onamla o'tgan har
onni sog'i ... Читать дальше »
Категория: OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR | Просмотров: 1671 | Добавил: BahroM_RashiD | Дата: 10.01.2015 | Комментарии (0)

Özgalarni achiq sözi menga bölsin or,
Onasini xörlagan bu dunyoda xor.
Kimlar onasini qaynoq mexriga zor,
Menga mehir bergan onajonim bor.
Kimlar yelkasida xajga borgan,
Kimlar onasiga binolar solgan.
Kimlar ortidan zor yig'lab qolgan,
Menga mehir bergan onajonim bor.
Yuzlariga qarab sog'ingan onim,
Bolam degan sözdan quvonaman doim.
Bugun onam sabab jösh urgan qonim,
Menga mehir bergan onajonim bor.
Kimlardur ortimdan g'iybat qilsalar,
Kimlardur körolmay tana qilsalar.
Qalbimga bir jimdim chug'ni solsalar,
Qurqmayman ortimda duogöyim bor.
Onam mehrin eslab hayolga toldim,
Onam uchun qölimga men qalam oldim.
Yurakdagi nolalarim men tökib soldim,
Menga mehir bergan onajonim bor...
Категория: OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR | Просмотров: 1454 | Добавил: Boyvachcha | Дата: 20.12.2014 | Комментарии (0)

Xar kuni o'ylayman ming xil savdoni
Yechimin toparman ko'p muammoni
Javobin topmadim men bir savolni
Ayting birodarlar bormi imkoni
Ota-onamni rozi qilmoqni.
Gulzorning eng sara gulin uzarman
Keltirib ularga men tutkazarman
Ularga atabon sherlar yozarman
Qancha mexrim bermay kamdir sezarman
Farzandlik qarzimni qanday uzarman.
Onalar oyog'i ostida jannat
Otajonim bor ekan kerakmas davlat
Ularning ko'z yoshin oqizma faqat
Sajdaga bosh urib so'rayman abad
Alloxim ularga bergin farog'at.
Rozi qilarmikanman otajonimni
Rozi qilarmikanman onajonimni
Xojiga olib boray sarflab borimni
Yaratgan eshitgin oxu zorimni
Duolarin olayin mexribonimni.

BahroM RashiD
Категория: OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR | Просмотров: 1173 | Добавил: BahroM_RashiD | Дата: 13.12.2014 | Комментарии (0)

Bahtim deymi, Bahorim deymi,
Ko'kda kulgan oyim edingiz.
Men ulg'aygan uyning bekasi,
Shohistai shoyim edingiz.
Yuzlaringiz farishtasiymo,
So'zlaringiz yoqimli boldek.
Bizda neki fazilat paydo,
Barisini biz sizdan oldik.
Sho'hroq edim bolalik chog'im,
Yurardingiz ortimdan quvlab.
Endi qumsab og'ushingizni,
Zoru nolon yuribman yig'lab.
Bog'im so'lib, siz ohim endi,
Sizni eslab ko'zim yoshlayman.
Sog'inch bo'lib hamrohim endi,
Qiyomatni... Kutib yashayman.
Категория: OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR | Просмотров: 1241 | Добавил: Abror | Дата: 13.12.2014 | Комментарии (0)

G'amgin ko'rindi dunyo
Bugun mening ko'zimga
Tomchilab oqdi yoshim
Sizni sog'indim ona

Orzularingiz ushaldi
Lekin siz ko'rmadingiz
Farzandlaringiz ulg'aydi
Lekin siz to'ymadingiz

So'zlaringiz sog'inib
Xidlaringiz izlayman
Lek topolmay onajon
Faqat duo qilarman

Bir kam duyo bu dunyo
Kimga vafo qilibdi
Orzulari ushalib
Kim bu dunyoda kulibdi

Nomingiz aytib takror
Sizni qilaman humor
Tinch yotingiz onajon
Mehribon Parvardigor

Siz aytgan so'zlaringiz
Har biri yodimdadir
Sizni mayus ko'zlaringiz
Hamon ko'z oldimdadur

Nasib etsa bir kuni
Yonigizga boraman
Dardlarim osmon - osmon
Sizga aytib beraman

Shunda ko'nglimdagi g'ubor
Qalbimni tark etadi
Shirin so'zlaringi tinglab
Yurakdan dard ketadi

Ko'zimda yoshim bilan
Yozd ... Читать дальше »
Категория: OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR | Просмотров: 1367 | Добавил: G‘anisher | Дата: 12.12.2014 | Комментарии (0)

G'amgin ko'rindi dunyo
Bugun mening ko'zimga
Tomchilab oqdi yoshim
Sizni sog'indim ona

Orzularingiz ushaldi
Lekin siz ko'rmadingiz
Farzandlaringiz ulg'aydi
Lekin siz to'ymadingiz

So'zlaringiz sog'inib
Xidlaringiz izlayman
Lek topolmay onajon
Faqat duo qilarman

Bir kam duyo bu dunyo
Kimga vafo qilibdi
Orzulari ushalib
Kim bu dunyoda kulibdi

Nomingiz aytib takror
Sizni qilaman humor
Tinch yotingiz onajon
Mehribon Parvardigor

Siz aytgan so'zlaringiz
Har biri yodimdadir
Sizni mayus ko'zlaringiz
Hamon ko'z oldimdadur

Nasib etsa bir kuni
Yonigizga boraman
Dardlarim osmon - osmon
Sizga aytib beraman

Shunda ko'nglimdagi g'ubor
Qalbimni tark etadi
Shirin so'zlaringi tinglab
Yurakdan dard ketadi

Ko'zimda yoshim bilan
Yozd ... Читать дальше »
Категория: OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR | Просмотров: 1120 | Добавил: G‘anisher | Дата: 12.12.2014 | Комментарии (0)

Sochim qarosida tun yashiringan,
Ko‘nglim burjlarida kun yashiringan.
Yurak mehrobida kim yashiringan,
Siz bilmaysiz, ona, bilmaysiz, onajon!

Ket, desam ketmaydi, kel, desam kelmas,
Menda ekanligin o‘zi ham bilmas.
Yurakni ipakdek titishni qo‘ymas,
Siz bilmaysiz, ona, bilmaysiz, onajon!

Xayollarimni bir zum tinch qo’ymas,
Sog’intirib, hech ozodlik bermas,
Ko’ngilginam hech qaytarib bermas,
Siz bilmaysiz, ona, bilmaysiz, onajon!

U bir o‘g‘ri kabi, yo‘qdir ori ham,
Nola qilur ko‘ngil, yetmas zori ham.
Endi kor qilmaydi o‘tkir dori ham,
Siz bilmaysiz, ona, bilmaysiz, onajon!

Men mag‘lub, u esa g‘olib ketadi,
Bir kuni meni ham olib ketadi.
Uyingiz huvillab qolib ketadi,
Siz bilmaysiz, ona, bilmaysiz, onajon!

Yurak mehrobida kim yashiringan,
Siz bilmaysiz, ona, bilmaysiz, onajon!
Категория: OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR | Просмотров: 1160 | Добавил: G‘anisher | Дата: 12.12.2014 | Комментарии (0)

Shoir bo’lib tug’ilganim aybimmi
Yoki o’zim yo’qottimmi qadrimni
Nega xechkim tushunmaydi qalbimni
Gunoxim ne ayting menga onajon.

Ko’zyoshlarim yuzim yuvsa alamdan
Dardmand bo’lgan kechaymi shu qalamdan
Osmon yig’lar ox chekkanda nolamdan
Gunoxim ne ayting menga onajon.

Nega baxtga to’lib bir on yasholmayman
Bu g’amlarning ko’chasidan qocholmayman
Egnimdagi dard matoni yecholmayman
Gunoxim ne ayting menga onajon.

Ashorlarim yig’lab yozdim chidolmayin
Noxaqlikka ko’zim yumib ketolmayin
Dilim kuydi sinovlardan o’tolmayin
Gunoxim ne ayting menga onajon.

Kuyib borar kundan kunga yurak bag’ir
Bilolmayman ne ayb o’tti mendan axir
Ichgan suvim tamog’imdan o’tmas taxir
Gunoxim ne ayting menga onajon.

Kechiring gar bilib bilmay yozgan bo’lsam
San’atni deb men aqildan ozgan bo’lsam
Kim yo’qlaydi so’ngi damda agar ... Читать дальше »
Категория: OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR | Просмотров: 1048 | Добавил: G‘anisher | Дата: 12.12.2014 | Комментарии (0)

Sevdimu eng suluv sanamni,
Unga berdim ko‘ngil xonamni,
Bir bevafo qizga yoqay deb,
Ko‘p qiynadim yolg‘iz onamni.
Ul malakka ko‘nglim ochardim,
Poyiga dunyoni sochardim,
Volidam chorlasa qochardim,
Ko‘p qiynadim yolg‘iz onamni.
Xiyonatdan yuzim sarg‘aydi,
Yuragimni aqlim qarg‘aydi,
Yiqilsam xolim kim so‘raydi,
Ko‘p qiynadim yolg‘iz onamni.
Muz edimmi erib ketyapman,
Chinormidim chirib ketyapman,
Nahot yerga kirib ketyapman,
Ko‘p qiynadim yolg‘iz onamni.
Ota, axir nima qil deysiz,
g'amxonangdan tezroq chiq deysiz,
Kamon bo‘ldim nishonsiz yoysiz,
Ko‘p qiynadim yolg‘iz onamni.
Odam o‘lmas uyi bo‘lmasa,
Azamas-ku to‘yi bo‘lmasa,
Hasan yo‘qdir kuyi bo‘lmasa,
Ko‘p qiynadim yolg‘iz onamni.
Категория: OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR | Просмотров: 1185 | Добавил: G‘anisher | Дата: 12.12.2014 | Комментарии (0)

Ona diydoringiz naqadar yaxshi,
Ona so'zlaringiz biram yoqimli.
Mexr quyoshingiz olamning naqshi,
Men sizla baxtliman judayam baxtli.

G'am emas erishib bo'lmas orzular,
Meni sevmasalar qilmaydi alam.
Dilimni cho'ktira olmaydi bular,
Axir mexribonim yonimda onam.

Qancha mexr mavjud menda bilmayman,
Ammo bilganim shu bari siz uchun.
Men sizni xammadan yaxshi ko'raman,
Bundan ortig'iga yetmaydi kuchim.

Men qancha qilsam xam xizmatingizni,
Qarzimni uzmoqqa yetmas hayotim.
Adog'i ko'rinmas ximmatingizni,
Siz mening borlig'im, sizsiz bayotim...

Sizni ta'riflashga ojiz tilimdan,
She'r bo'lib qog'ozga uchdi shu so'zlar.
Men faqat hohlayman shuni dilimdan,
Xamisha sevinsin sizdagi ko'zlar.

Sizni tarbiyangiz bizga bo'lgan jo,
Sizni duoyingiz madadkor doim.
Takror qilayapman sendan iltijo,
Onamni panohda asra ... Читать дальше »
Категория: OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR | Просмотров: 1394 | Добавил: G‘anisher | Дата: 12.12.2014 | Комментарии (0)

Ona yuragi daryo,
Ona mehri bebaho,
Ona so’zlari asal,
Ona allasi orom.

Ona osmonda oydir,
Quyosh oyga yordir.
Ona vafoli yo’ldosh,
Ona yaqin sirdosh.

Onaga teng yo’qdir,
Ona tengi yo’q zotdir.
Ona dunyoni tebratar,
Ona allasi uxlatar.

Ona ardog’im mening,
Ona dildoshim mening.
Ona baxtim bahori,
Ona omadim tumori.
Категория: OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR | Просмотров: 1232 | Добавил: G‘anisher | Дата: 12.12.2014 | Комментарии (0)

Ota so’zin eshitsam,
Yurak bag’rim tilinar.
Nozik dilim kuyunar,
Ota sizni sog’indim.

Ota so’zin hech aytmadim,
Sizni bir bor ko’rmadim.
Eslab endi yana yig’ladim,
Ota sizni juda sog’indim.

Qalqonim ham onam bo’ldi,
Mehribonim ham onam bo’ldi.
Qayg’udoshim ham onam bo’ldi,
Ota sizni yana sog’indim.

Dushman nishin otganda,
Hasadgo’ylar yonib yotganda.
Baxtli kunni ko’rganda,
Ota sizni yonib sog’indim.

Ko’p ozorlar ko’rganimda,
Barini yengib o’tganimda.
Og’ir kundan o’tganimda,
Ota sizni kuyib sog’indim.

Bor alamni yutganimda,
Do’stim aldab ketganida.
Yo’qlik jondan o’tganida,
Armon otam sizni sog’indim.
Категория: OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR | Просмотров: 1532 | Добавил: G‘anisher | Дата: 12.12.2014 | Комментарии (0)

Izlab yo’lingiz poylarman,
Qaylardasiz izlarman.
Men sizni so’g’inganman,
Qaylardasiz otajon.

Sizni qumsab o’tarman,
Bir kelishingiz istarman.
Keyin bilmam netarman,
Qachon kelarsiz otajon.

Barisiga ko’narman,
Lekin sizni kutarman.
Shuni dildan aytarman,
Sog’ingan o’g’lingiz otajon.

Bir kun ota bo’larman,
O’g’limni o’ynatarman.
O’g’limga eslatarman,
Sizni aziz otajon.
Категория: OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR | Просмотров: 1343 | Добавил: G‘anisher | Дата: 12.12.2014 | Комментарии (0)

Bu dunyoda eng aziz,
Bu onadir, bu ona.
Farzandiga jon tikkan,
Bu onadir, bu ona.

Tunlari alla aytgan,
Bu onadir, bu ona.
Dunyoni ham tebratgan,
Bu onadir, bu ona.

Ro’zg’orni obod etgan,
Farzandini ovutgan.
Yorini rozi etgan,
Bu onadir, bu ona.

Mehri olamni tutgan,
Barcha alamni yutgan.
Barchasini unutgan,
Bu onadir, bu ona.
Категория: OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR | Просмотров: 974 | Добавил: G‘anisher | Дата: 12.12.2014 | Комментарии (0)

Bu dunyoda eng aziz,
Bu onadir, bu ona.
Farzandiga jon tikkan,
Bu onadir, bu ona.

Tunlari alla aytgan,
Bu onadir, bu ona.
Dunyoni ham tebratgan,
Bu onadir, bu ona.

Ro’zg’orni obod etgan,
Farzandini ovutgan.
Yorini rozi etgan,
Bu onadir, bu ona.

Mehri olamni tutgan,
Barcha alamni yutgan.
Barchasini unutgan,
Bu onadir, bu ona.
Категория: OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR | Просмотров: 1127 | Добавил: G‘anisher | Дата: 12.12.2014 | Комментарии (0)

Boshdagi tojim onam,
Qalbdagi mohim onam.
Dildagi ohim onam,
Ishongan sirdoshim onam.

Yurakdagi qonim onam,
Ko’zdagi nurim onam.
Ishongan tog’im onam,
G’amxo’rim mehribon onam.

Otamning yori onam,
Uyimning chirog’i onam.
Bog’imning guli onam,
Dildoshim aziz onam.

Ko’kdagi oydir onam,
Farzandim suygan onam.
Hammadan aziz onam,
Doim sog’ bo’lsin onam.
Категория: OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR | Просмотров: 1176 | Добавил: G‘anisher | Дата: 12.12.2014 | Комментарии (0)

1 2 »
close