Главная » 2017 » Декабрь » 20 » Muhabbat gohida RAZOLAT, do'stim.
13:07
Muhabbat gohida RAZOLAT, do'stim.
Dunyoda hammaning tutgan yo'li bor,
Kimlardir yolg'iz-u, kimning jufti bor.
Barcha totlining ham achchiq, sho'ri bor,
Sevgida shu bari TUMONAT, do'stim.

Birov hijronidan kuyadi bugun,
Kimdir razolatdan olay deydi hun.
Sen nolib so'rama: "azoblar nechun?"
Muhabbatga kerak MATONAT, do'stim.

Ko'zlarni yuvadi o'rtangan yoshlar,
Gohida SEVGIGA otilar toshlar.
Bo'ysinib egilur ne MAG'RUR boshlar,
Sevgini anglash ham MATONAT, do'stim.

Sevgan muhabbatdan oladi saboq,
Muzlagan yurakni qiladi qo'rqoq.
Sen ham sevib qolsang, hayotga tik boq,
Bilsang, muhabbat ham JASORAT, do'stim.

Tunlar uyqularing olib ketadi,
Oshiqni yo yetuk, yo xor etadi.
Ko'zga intizorlik solib ketadi,
Ishq maqtov, gohida HAQORAT, do'stim.

Sevgining qo'lidan tutgancha mahkam,
Dardli yuragingga solasang malham.
Shunda qo'yajaksan birinchi qadam,
MUHABBAT-KO'NGILGA HALOVAT, do'stim.

Kimlardir sevgidan ichadi sharob,
Kimningdir qalbida tomchilar zardob.
Yana kim uni deb xoru zor, harob,
Muhabbat gohida RAZOLAT, do'stim.

Hissiz yuraklarga singdirib mehr,
Ayovsiz yetkazar sinash Bu jabr.
Sevgi g'ururlidir, lek suymas kibr,
Uni tuymoq mushkul BAG'OYAT, do'stim.
Категория: Sevgi | Просмотров: 50 | Добавил: Admin | Теги: do'stim., Muhabbat gohida RAZOLAT | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz