. AHAD QAYUM SHE'RLARI - She'rlar Olami - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Вс, 29.03.2020, 12:14
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS [192]
DO'STLIK HAQIDA SHERLAR [45]
OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR [31]
TABRIK AYYOM SHERLAR [55]
LATIFA HAZIL PRIKOLL SHERLAR [27]
YANGI YIL HAQIDA SHERLAR TABRIKLAR [37]
25-MAY SO'NGI QO'NG'IROQ HAQIDA SHERLAR [8]
KURSDOSHLAR HAQIDA SHERLAR [4]
RUSCHA SHERLAR [3]
IBRATLI SHERLAR [28]
VATAN HAQIDA SHERLAR 14 YANVAR VATAN HIMOYACHILAR UCHUN SHERLAR [34]
14 FEVRAL SEVGI TABRIKLARI [7]
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR [9]
9-MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI UCHUN SHERLAR [7]
HAYIT BAYRAMI HAQIDA SHERLAR [30]
BAHOR HAQIDA SHERLAR [6]
YANGI SHERLAR [22]
8 - MART HAQIDA TABRIK SHERLAR [75]
QIZLAR ISMIGA SHE'RLAR [114]
NAVRUZ BAYRAMI UCHUN SHE'RLAR [39]
AHAD QAYUM SHE'RLARI [204]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 276

Статистика


Мансабу бойлик эмас, дўст йиққан подшо экан,
Давлатинг ортганида душман ҳам ошно экан,
Дил мулки бир кошона, ҳикмати дунё экан,
Дунё ишин ўйламанг пишмаган савдо экан,
Йўқчилик эмас дўстлар, тўқчилик ғавғо экан.

Ғаниминг кўп бўлса гар, отгани тош излама,
Ғамларинг кўп бўлса ҳам тўккани ёш излама,
Ҳалол риз-қингни қўйиб, ортиқча ош излама,
Қайда баднафс кўп бўлса, шайтон ҳам шайдо экан,
Йўқчилик эмас дўстлар, тўқчилик ғавғо экан.

Бахтга тўлиб юрганинг кўролмайди баъзилар,
Нафас олмай ҳасадсиз туролмайди баъзилар,
Нечун ҳақиқатга тик қаролмайди баъзилар,
Номарднинг кўзлари кўр, юзлари қаро экан,
Йўқчилик эмас дўстлар, тўқчилик ғавғо экан.

Йўқчиликда бир бурда нонга ҳам кўнар инсон,
Йўқчиликда сабр этиб ҳар дардга чидар инсон,
Тўқчиликда бойлик деб, балчиққа ботар инсон,
Тўқчиликда ортингдан топганинг иғво экан,
Йўқчилик эмас дўстлар, тўқчи ... Читать дальше »
Категория: AHAD QAYUM SHE'RLARI | Просмотров: 53 | Добавил: Admin | Дата: 20.12.2019 | Комментарии (0)

Sevgilim, bu oqshom go'zal xayol sur,
Xayol kemasida olib ketay yur,
Baxtning og'ushida yum ko'zlaringni,
Xayrli tun jonim, shirin tushlar ko'r.

Men uchun hammadan keragim o'zing,
Jonimni davolar har bitta so'zing,
Hatto uxlaganda chiroyli ko'zing,
Xayrli tun jonim, shirin tushlar ko'r.

Mening gulyoshligim bo'lsin deb obod,
Seni jonim menga uchratdi hayot,
Hatto uyqungda ham meni o'ylab yot,
Xayrli tun jonim, shirin tushlar ko'r.

Orom ol, eng go'zal tuyg'ular bilan,
Xayrlashgin jonim qayg'ular bilan,
Uyg'ongin eng shirin orzular bilan,
Xayrli tun jonim, shirin tushlar ko'r.
Категория: AHAD QAYUM SHE'RLARI | Просмотров: 44 | Добавил: Admin | Дата: 20.12.2019 | Комментарии (0)

Dardlarimni devorlarga so`ylaymi,
Qo`shiqlarim osmonlarga kuylaymi,
Gar qaytmasang o`zga yorni o`ylaymi,
Mahzun-mahzun kunlar kutdim kelmading,
Uzun-uzun tunlar o`tdi kelmading.

Sog`inaman bu umrim qiynoq endi,
Oqshomlari hamrohim firoq endi,
Yolg`iz qoldim suyganim yiroq endi,
Mahzun-mahzun kunlar kutdim kelmading,
Uzun-uzun tunlar o`tdi kelmading.

Sen kelmading hijron zahrin ichdim man,
Oyni o`pib yulduzlarni quchdim man,
Seni o`ylab bu dunyodan kechdim man,
Mahzun-mahzun kunlar kutdim kelmading,
Uzun-uzun tunlar o`tdi kelmading.

Menga qarab do`stlarim hayron bo'lar,
Gunohim ne yuragim vayron bo`lar,
Nahot endi visoling armon bo`lar,
Mahzun-mahzun kunlar kutdim kelmading,
Uzun-uzun tunlar o`tdi kelmading.

Aybim yo`qdir, o`zim izlab bormadim,
Eslamading men ham eslab bormadim,
Ahad dedim tanim muzlab bormadim, ... Читать дальше »
Категория: AHAD QAYUM SHE'RLARI | Просмотров: 42 | Добавил: Admin | Дата: 20.12.2019 | Комментарии (0)

Meni g'iybat qilganlarga
Aytar bitta so'zim bor,
Orqamdan gapirguncha
Avval menga yetib ol.
Xasad bilan niyatga
Yetolmaysan ey g'anim,
Xalol mehnat, sof vijdon-
Shudir mening bilganim.

Meni g'ybat qilganlarga
Aytar bitta so'zim bor,
Tilinga erk berguncha
Sen o'zinga nazar sol.
Qaytar dunyo haq so'zini
Aytishini unutmayu
Yomonliging o'zinga
Qaytishini unutma.

Meni g'iybat qilganlarga
Aytar bitta so'zim bor,
Birov nomin bekorga
Bulg'amagin sen bekor.
Dushman bo'lsang mard bo'lib
Sinashgin, ana maydon.
Erkak bo'lib orqadan
Ish qilmagin hech qachon.

Meni g'iybat qilganlarga
Aytar bitta so'zim bor,
Niyatim toza ekan,
Demak menga omad yor.
Ortiqcha gap so'zlarga
Bilasiz hech hushim yo'q.
Bilasiz, xalq xizmatidan
Mening boshqa ishim yo'q.

Xalq o'zi ... Читать дальше »
Категория: AHAD QAYUM SHE'RLARI | Просмотров: 44 | Добавил: Admin | Дата: 20.12.2019 | Комментарии (0)

Men haqimda har kuni har yerda g'iybat,
Men haqimda har kuni har yerda tuhmat,
Bilmayman yaxshimi yo yomon suhbat,
Men yaxshi ko'raman dushmanimni ham,
Meni eslabsizlar shunga ham rahmat.

Yashayman goh baxtim goh dardim bilan,
Qayerda yuribman yoki kim bilan,
Yaxshi nom bilan yo yomon nom bilan,
Bilmayman yaxshimi yo yomon suhbat,
Meni eslabsizlar shunga ham rahmat.

Mening aybim siz deb ijod qilganim,
Gohida ko'nglingiz ololmaganim,
Uzr, og'ir botsa birorta gapim,
Unutilmoq o'lim, yodga tushmoq baxt,
Eslab tursangizlar shunga ham rahmat.

Orzuyim emasku faqat shon-shuhrat,
Yoki soxta obro' yo soxta hurmat,
Topganim halollik, bilganim mehnat,
El ichra nomimni asrasangiz bas,
Xalqimning ishonchi menga oliy baxt.

Daryoman deb bir xil oqib bo'lmaydi,
Hammaga bir xilda yoqib bo'lmaydi,
Tun-u kun qora ter to'kib bo'ls ... Читать дальше »
Категория: AHAD QAYUM SHE'RLARI | Просмотров: 42 | Добавил: Admin | Дата: 20.12.2019 | Комментарии (0)

Энг биринчи севгим ўзинг, бахтим ўзинг,
Энг биринчи ғуссам ўзинг, дардим ўзинг,
Энг биричи меҳрим ўзинг, қадрим ўзинг,
Иккинчи бор яна кўнгил беролмадим,
Иккинчи бор ўзга ёрни севолмадим.
Сен учраган барча йўллар бугун ҳасрат,
Сен учраган ёруғ диллар бугун зулмат,
Қайтиб келмас экан дўстлар илк муҳаббат,
Иккинчи бор яна кўнгил беролмадим,
Иккинчи бор ўзга ёрни севолмадим.
Юзим ўша, кўзим ўша, сўзим бошқа,
Кўнглим ўша, йўлим ўша, изим бошқа,
Севгим ўша, қалбим ўша, ўзим бошқа,
Иккинчи бор яна кўнгил беролмадим,
Иккинчи бор ўзга ёрни севолмадим.
Гўзалларнинг хушомади ёқмайди ҳеч,
Кўнглим сендан бошқасига боқмайди ҳеч,
Яшаш керак десам ҳам-ки уқмайди ҳеч,
Иккинчи бор яна кўнгил беролмадим,
Иккинчи бор ўзга ёрни севолмадим.
Ошиқ Аҳад сендан кўнгил узолмайди,
Ўзи қурган ишқ қасрини бузолмайди,
Яна қайтиб ишқ фаслини тузолмайди,
Икки ... Читать дальше »
Категория: AHAD QAYUM SHE'RLARI | Просмотров: 43 | Добавил: Admin | Дата: 20.12.2019 | Комментарии (0)

Onasizlik dardin onasiz bilar,
Otasizlik jabrin otasiz bilar,
Ey farzand asragin shular ikkisin,
Ota-onang senga faqat do'st bo'lar!

Onajonim sizga rahmat deb turgin,
Otajonim sizga rahmat deb turgin,
Doim duolarin sen olib yurgin,
Ota-onang senga faqat do'st bo'lar!
Kim sababli shu kunlarga yetding sen,
Kim sababli sinovlardan o'tding sen,
Ular qolib kimning qo'lin tutding sen,
Ota-onang faqat senga do'st bo'lar!
Omading kelganda qo'l berganlarga,
Ishing yurishganda yo'l berganlarga,
Ishonma omonat dil berganlarga,
Ota-onang faqat senga do'st bo'lar!
Har kimni do'st bilib siringni aytma,
Katta yo'lga chiqding ortingga qaytma,
Fursat g'animatdir bilgin bu paytda,
Ota-onang faqat senga do'st bo'lar!
Yolg'on va'dalarga uchma do'stginam,
Juda ko'p aldandi Ahad Qayum ham,
Ikki inson bordir sirdosh har bir dam,
Ota-onang faqat ... Читать дальше »
Категория: AHAD QAYUM SHE'RLARI | Просмотров: 46 | Добавил: Admin | Дата: 20.12.2019 | Комментарии (0)

Sevgilim, bu oqshom go'zal xayol sur,
Xayol kemasida olib ketay yur,
Baxtning og'ushida yum ko'zlaringni,
Xayrli tun jonim, shirin tushlar ko'r.

Men uchun hammadan keragim o'zing,
Jonimni davolar har bitta so'zing,
Hatto uxlaganda chiroyli ko'zing,
Xayrli tun jonim, shirin tushlar ko'r.

Mening gulyoshligim bo'lsin deb obod,
Seni jonim menga uchratdi hayot,
Hatto uyqungda ham meni o'ylab yot,
Xayrli tun jonim, shirin tushlar ko'r.

Orom ol, eng go'zal tuyg'ular bilan,
Xayrlashgin jonim qayg'ular bilan,
Uyg'ongin eng shirin orzular bilan,
Xayrli tun jonim, shirin tushlar ko'r.
Категория: AHAD QAYUM SHE'RLARI | Просмотров: 45 | Добавил: Admin | Дата: 20.12.2019 | Комментарии (0)

Bahor, meni tog'dan izlama,
Cho'kib, botib qoldim to'shakka,
Lolazorgul bog'dan izlama,
Yana yotib qoldim to'shakka...

Go'zal ona er bazmlari,
Qizg'aldoqzor qir bazmlari,
Gullaganda she'r bazmlari,
Seni kutib oldim to'shakda.

Dardning yo'gu bori qolmadi,
Dilning ortiq zori qolmadi,
Men ichmagan dori qolmadi,
Yig'lashdanam hordim to'shakda.

Mart oyida yuz xazonrangmi,
Yurak sezmas, biror ohangni,
Kechir bahor bemor ukanngni,
Senga ko'ngil yordim to'shakda.

Derezamdan kelgan doyadek,
Nur izlagan mudroq soyadek,
Gurs yiqildim xuddi qoyadek,
Cho'kib, botib qoldim to'shakda...

Ko'zim ochsam shifoxonada,
Boshim uzra hamma to'plangan.
Qanday kelib qoldim bu erga,
Nima bo'ldi yashirmang mandan.

Onam yig'lar ne bo'ldi o'g'lim,
Ovoz chiqmas aylanmas tilim,
Kutmagandim axir sevgilim ... Читать дальше »
Категория: AHAD QAYUM SHE'RLARI | Просмотров: 45 | Добавил: Admin | Дата: 20.12.2019 | Комментарии (0)

Сирли – сирли кўзларингда не яширин,
Майин – майин сўзларингда не яширин.
Келиб холим сўрашларинг бунча ширин,
Бир бор боқсанг минг ўртаниб куяр жон.

Сени севмай бўладими Севаржон!
Мухаббатинг адо қилди ёмон, ёмон,
Қўйган шартинг бунчалар хам осмон, осмон.
Висолингни қилма энди армон, армон,
Бир бор боқсанг минг ўртаниб куяр жон.

Сени севмай бўладими Севаржон!
Қачонлардир сен меники бўладирсан,
Қучоғимда ўйнайдирсан, куладирсан.
Бир кун мени ўзинг излаб келадирсан,
Бир бор боқсанг минг ўртаниб куяр жон.
Сени севмай бўладими Севаржон!
Категория: AHAD QAYUM SHE'RLARI | Просмотров: 41 | Добавил: Admin | Дата: 20.12.2019 | Комментарии (0)

Sen meni qanchalik rad etsang,
Yonimdan uzoqroq ket desang,
Qanchalik ko`nglimni sovutsang,
Shunchalik ko`p sevgim keladi.
Nazarga ilmasang qalbimni,
Ichimga yutaman dardimni,
Qanchalik bilmasang qadrimni,
Shunchalik ko`p sevgim keladi.
Xar nafasing ozorlik qilsang,
Mendan battar o`jarlik qilsang,
Qanchalik ko`p qaysarlik qilsang,
Shunchalik ko`p sevgim keladi.
Oshiq boshimni ega ega,
Asablarimga tega tega,
Nima uchun bilmadim nega,
Shunchalik ko`p sevgim keladi.
Xovuchlab yashayman yurakni,
Sen xam topding tekin ermakni,
Bilmam nega sendek tentakni,
Shunchalik ko`p sevgim keladi.
Jilovimni bergim keladi...
Sen meni qanchalik rad etsang,
Yonimdan uzoqroq ket desang,
Qanchalik ko`nglimni sovutsang,
Shunchalik ko`p sevgim keladi.
Категория: AHAD QAYUM SHE'RLARI | Просмотров: 43 | Добавил: Admin | Дата: 20.12.2019 | Комментарии (0)

Gar ko'nglinga to'lganda g'amlar,
Qilgan yaxwiliging yuzinga jamlar.
Yetar deydi sen surgan damlar,
Yaxwilikni bilmaydiganlar.

Olloh bersa senga bir omad,
Qidirmaydi sendan nadomat.
Inim deydi sen menga monand,
Yaxwilikni bilmaydiganlar.

Nahot wuncha vijdonsiz bo'lsa,
Kissasi tillodan tangaga to'lsa.
O'zligin yo'qotar boylikni ko'rsa,
Yaxwilikni bilmaydiganlar.

Boylikka yarawa obro'ying bo'lsa,
Har gaping men uchun qonun deydilar,
Afsuski buning bir aksi bo'lsachi,
Xurmatin yer qilib pandin yeydilar.
Bunchalar ham nomard bo'lmasa,
Yaxwilikni bilmaydiganlar.....
Категория: AHAD QAYUM SHE'RLARI | Просмотров: 41 | Добавил: Admin | Дата: 20.12.2019 | Комментарии (0)

Odamlar orasida,
Mehr yo'qolib ketdi.
Oqibatning shahrida,
Qadr yo'qolib ketdi.
Aka ukaning g'ajib,
Go'shtin eyishga tayyor,
Singil opaga eng past,
Nom ham qo'yiashga tayyor.

Odamlar orasida,
Xasad ko'payib ketdi,
Shirin suhbatdan ko'ra,
G'iybat ko'payib ketdi.
Qaroqchilar o'g'rini,
Haqorat qilib tinmas,
Shogird o'z ustozila,
Raqobat qilib tinmas...

Odamlar orasida,
Yuraklar tars yorilgan,
Har qanday munosabat,
Manfa'atga qurilgan.
So'ragim kelar qarab,
Bunday so'qir ko'zlarga,
Ayting menga odamlar,
Nima bo'ldi sizlarga...

Odamlar orasida,
Kirib yasholmay qoldim,
Eng yaxshisi yolg'izlik,
Shunisini bilvoldim.
Ahad nega yolg'iz deb,
So'ramang ey odamlar,
Yolg'izligim o'ylasam,
Ko'zimga kelmas namlar.

Odamlar orasida,
Mehr yo'qolib ketdi, ... Читать дальше »
Категория: AHAD QAYUM SHE'RLARI | Просмотров: 45 | Добавил: Admin | Дата: 20.12.2019 | Комментарии (0)

Õqidim judayam kõp õqidim...
Ammo,uqqanlarim juda ham ozdir.
Bunga sabab agar õqiganlarimning barini uqqanimda õzimni bunaqa tutmasdim.
Barobar bõlmasdim dushmanga aslo...
Dõstlarimning qadrin bilardim....
Категория: AHAD QAYUM SHE'RLARI | Просмотров: 42 | Добавил: Admin | Дата: 20.12.2019 | Комментарии (0)

Shiddat bilan zamona zayli,
Oqaversin daryoday mayli,
Opasiyu-Singil tufayli
Yig'lamasin yigit or uchun,
Qalam qoshli go'zal yor uchun!!!

Nomuslardan boshlarin egib,
Malomatlar yurakka tegib,
Nomardlarga qaddini bukib,
Yiglamasin yigit or uchun,
Bir bevafo yorga, yor uchun!!!

Bo'lib go'yo dunyo tor qafas,
O'z uyida ololmay nafas,
Qay borsa shivir shivir sas,
Yiglamasin yigit or uchun,
Peshonada shu xam bor uchun.

Qo'ldan davlat ketsayu ketsin,
Do'st xiyonat qilsayu qilsin
Ox Adolat,ne bolsa bolsin
Yig'lamasin yigit or uchun,
Ko'zlariga dunyo tor uchun!
Категория: AHAD QAYUM SHE'RLARI | Просмотров: 43 | Добавил: Admin | Дата: 20.12.2019 | Комментарии (0)

Sensizlikka chidab yashadim,
Tog'lar xayron bardoshlarimga,
O'ylayverib oxir charchadim,
Arzimaysan ko'z yoshlarimga,

Xiyonatdan bezgan yurak,
Ko'nglim sevib bo'lgan jonsarak,
Oxirigi yo'l unutmoq kerak,
Arzimaysan ko'z yoshlarimga,

Dildan aybim o'chiring dema,
Gunoxlarim kechiring dema,
Endi ortiq g'amimni yema,
Arzimaysan ko'z yoshlarimga,

Essiz shuncha bedor tunlarim,
G'am ichida o'tgan kunlarim,
Uvvol senga sof tuyg'ularim,
Arzimaysan ko'z yoshlarimga,

Yurakkinam og'riydi yomon,
Nafrat to'ldi qalbimga ishon,
Yengilmayman endi xech qachon,
Arzimaysan ko'z yoshlarimga,

To'g'ri aytgan ekan do'stlarim,
Ochildiku endi ko'zlarim,
Oshiq Axad so'ngi so'zlarim,
Arzimaysan ko'z yoshlarimga...
Категория: AHAD QAYUM SHE'RLARI | Просмотров: 44 | Добавил: Admin | Дата: 20.12.2019 | Комментарии (0)

Muhabbat, ey go‘zal iztirob,
Ey ko‘hna dard, ey ko‘hna tuyg‘u.
Ko‘kragimga qo‘lingni tirab,
Yuragimni to‘kib qo‘yding-ku.

Qancha ko‘zlar menga zor edi,
Na g‘am, na anduhim bor edi.
Qushday yengil ruhim bor edi,
Chok-chokidan so‘kib qo‘yding-ku.

Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen,
Qomatimni bukib qo‘yding-ku.

Sen men uchun bir xayol eding,
Yaxshi bor yo yaxshi qol eding.
Jon kerakmi — mana ol endi,
Qiynar bo‘lsang qiynab to‘yding-ku.

Bilmam, nima edi maqsading:
Menga bir juft guling asrading,
Birin otin Kumush atading,
Birin ismin Zaynab qo‘yding-ku.

Muhabbat, ey go‘zal iztirob,
Ko‘chang kezdim sarson, dovdirab,
Yuzlarimga yuzlaring tirab,
Ko‘zlarimni boylab qo‘yding-ku!..
Категория: AHAD QAYUM SHE'RLARI | Просмотров: 37 | Добавил: Admin | Дата: 20.12.2019 | Комментарии (0)

Seni hech kim sevolmaydi meningdek:
Vaslingga zor bu oshiqlar, ehtimol,
Poyingga tiz cho‘kib yig‘lar, ehtimol,
Lekin sodiq bo‘lolmaydi meningdek!..

Aldanma yor, aldamchilar makriga,
Malak bo‘lma bevafo ishq shahriga,
Ular seni bir bossa bas bag‘riga,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Yo‘ling kesib o‘tsam — o‘zim xijolat,
Uzoqdan bir seni ko‘rsam kifoyat,
Bir nigohing o‘zi menga inoyat,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Joningga jon bo‘lmayman-u, sevaman,
Yoningga bir kelmayman-u, sevaman,
Ismingni ham bilmayman-u, sevaman,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Sen ko‘kdagi harir ko‘ylak, hur-pari,
Ko‘k ko‘ldagi tinib qolgan suvpari.
Muhammadning ko‘nglidagi dilbari,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek
Категория: AHAD QAYUM SHE'RLARI | Просмотров: 44 | Добавил: Admin | Дата: 20.12.2019 | Комментарии (0)

Ayol bor dunyoda baxt bor iqbol bor,
Ayol bor dunyoda shirin xayol bor,
Ayol bor dunyoda ishq bor, visol bor,
Ayol bor dunyoda sohibjamol bor.

Ayol bor dunyoda pariruxsor bor,
Ayol bor dunyoda ul gulruxsor bor,
Ayol bor dunyoda gul bor, bahor bor,
Ayol bor dunyoda oshig'i zor bor.

Ayol bor dunyoda gulga misol bor,
Ayol bor dunyoda dilga timsol bor,
Ayol bor dunyoda malak dildor bor,
Ayol bor dunyoda vasli diydor bor.

Ayol bor dunyoda hofizu tor bor,
Ayol bor dunyoda qo'shiq, ash'or bor,
Ayol bor dunyoda Ahadga yor bor,
Ayol bor dunyoda lablari ol bor...

Ayol bor dunyoda baxt bor, iqbol bor,
Ayol bor dunyoda shirin xayol bor,
Ayol bor dunyoda ishq bor, visol bor,
Ayol bor dunyoda sohibjamol bor.
Категория: AHAD QAYUM SHE'RLARI | Просмотров: 63 | Добавил: Admin | Дата: 20.12.2019 | Комментарии (0)

Bu yerlarga yana qaytib kelaman,
Bunday olamlarni hech ko‘rmagandim,
Sog‘inchli salomim aytib kelaman,
Bunday odamlarni hech ko‘rmagandim.

Otamning yuzini eslatish uchun,
Onamning so‘zini eslatish uchun,
Ustozlar izini eslatish uchun,
Bu yerlarga yana qaytib kelaman.

Shirin xotiralar qo‘llarin ushlab,
Quvonchga cho‘milib bahorday yashnab,
Shaharda eng zarur ishlarim tashlab,
Bu yerlarga yana qaytib kelaman.

Unutib, shon shuhrat mag‘rurligimni,
Unutib, siz uchun mashhurligimni,
Hammadan eng oddiy odam bo‘laman,
Bu yerlarga yana qaytib kelaman.

Kim sizchalik qadrim sezadi ayting,
Kim meni sizchalik sevadi ayting,
Do‘stlarim agarda yo‘lingiz tushsa,
Bizlar tomonga ham bir kirib o‘ting.

Biringiz otamsiz, biringiz bolam,
Ko‘rmadim dunyoda sizdan zo‘r olam,
Minglab quyoshqalblar, mehmondo‘st odam,
Bu yer ... Читать дальше »
Категория: AHAD QAYUM SHE'RLARI | Просмотров: 46 | Добавил: Admin | Дата: 20.12.2019 | Комментарии (0)

1 2 3 ... 10 11 »
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Март 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020