Ср, 21.08.2019, 06:18
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS [191]
DO'STLIK HAQIDA SHERLAR [36]
OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR [31]
TABRIK AYYOM SHERLAR [55]
LATIFA HAZIL PRIKOLL SHERLAR [27]
YANGI YIL HAQIDA SHERLAR TABRIKLAR [10]
25-MAY SO'NGI QO'NG'IROQ HAQIDA SHERLAR [8]
KURSDOSHLAR HAQIDA SHERLAR [4]
RUSCHA SHERLAR [3]
IBRATLI SHERLAR [27]
VATAN HAQIDA SHERLAR 14 YANVAR VATAN HIMOYACHILAR UCHUN SHERLAR [34]
14 FEVRAL SEVGI TABRIKLARI [7]
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR [9]
9-MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI UCHUN SHERLAR [7]
HAYIT BAYRAMI HAQIDA SHERLAR [30]
BAHOR HAQIDA SHERLAR [6]
YANGI SHERLAR [22]
8 - MART HAQIDA TABRIK SHERLAR [75]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 260
Мини-чат
Статистика

Ignadan Ip O'tkazing,Yurakdan
Bezak Berib,
Mayin Qo'llar Ishlasin,Tikuvchi Qiz
Jilmayib.
Mato Rangi Oqmidi,Bezalibdi
Ranglarga,
Kamalak Guvohmidi,Siz Tikkan
Ko'ylaklarga.
Onam Aytdi Uylansang,Topgin
Chevar Kelindan,
Uyda O'tirib Ishlar,Bir-Ikki Sum
Topardan.
Ona Menga Tikuvchi,Bo'lmasin
Sevgan Qizim,
Kechalari Uyqu Bermay,Bo'ladi
Bosh Og'rig'im.
Undan Ko'ra Ko'rsatay,Sevgan
Qizim Rasmini,
Agar Sizga Yoqsa U,Bo'lasiz Erta
Sovchi.
Qo'y Bu Shayton Qizlaring,Undan
Ko'ra Izlagin,
Sen Ham Sho'x
Yigitmassan,Yaxshi Qizni
Ko'zlagin.
Ona So'ziz Qonundir,Siz Uchun
Jonim Fido,
Topaman Men Siz Uchun,Xuddi
Sizdek Mehribon.
Tikuvchi Chevar Qizni,Ko'ngli Toza
Deydilar,
Mehribon Ko'zlar Yana,Shirin Qo'l
Pazanda Derlar.
Eh Boshim Rosa Qotdi,Qaydan
Topay Chevarni,
... Читать дальше »
Категория: OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR | Просмотров: 694 | Добавил: G‘anisher | Дата: 09.12.2014 | Комментарии (0)

Hayol sursam sen haqda betin
Hayajonim tishlab va tirnab
Izn bermas faqat hayotim...

Seni deya uyg'onsam har tong,
Seni deya ko'zim yumilsa
Ey Tangriga eltguvchi isyon...

Dunyo boshqa boshqadir axir,
Lekin ko'ngil o'sha o'shadir
Sevmoq istar ko'ngildan kechib...
Категория: SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS | Просмотров: 684 | Добавил: G‘anisher | Дата: 09.12.2014 | Комментарии (0)

Hayolimni band etadi ishq.
Ko'zlarimni nam etadi ishq.
Yuragimga goh shodlik solib,
goh yaramga tuz sepadi ishq.
Bu ishq vafo qilmaydi menga,
to'kis baxtni bermas hech kimga.
Hayolimni band etadi ishq,
yuragimni qon etadi ishq.
Категория: SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS | Просмотров: 709 | Добавил: G‘anisher | Дата: 09.12.2014 | Комментарии (0)

Mayli yana ortsin gunohim
Ishqim bo'lgay yolg'iz panoxim
Azoblarim mening guvohim
Jonim seni sevganligim rost
Visolingni qumsaydi dilim
Yolg'on aytsam kesilsin tilim
O'zgalarga boqmagin gulim
Men seni sevganligim rost
Категория: SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS | Просмотров: 1087 | Добавил: G‘anisher | Дата: 09.12.2014 | Комментарии (0)

Hayot degani qiziq bo'larkan
Tong otib kun botib umir o'tarkan
Tong saxarda uyg'onib xar banda,
Qo'lin ochib xudoyimga nola qilarkan
Kimdir iltijo qilib baxtin so'rasa,
Yana kimdir taxtin so'rarkan
Olloxim bag'ri keng u shunday zot,
Kim nima so'rasa shuni berarkan
Men xam xhu qatori umidvor banda
So'rashni qilmadim kanda
U zot eshitib mening nolamni
Yubordi sizday AZIZ INSONNI!
Категория: SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS | Просмотров: 940 | Добавил: G‘anisher | Дата: 09.12.2014 | Комментарии (0)

Endi sen ham sog'inib ko'rchi,
Ishq azobida bo'g'ilib ko'rchi,
Huddi mendek ko'zlaring yoshlab,
Bir ko'ray deb oh urib ko'rchi,

Endi kutgin yo'llarim poylab,
Sog'inchlardan ko'zlaring botar,
Shirin so'zim eslab dilozor,
Kechalari to'lg'onib bedor,

Endi sening nozik qalbingni,
Sog'intirib ado qilaman,
Taslim bo'lmas bu g'ururingni,
Muxabbatla gado qilaman,

Kulib turgan bu nigohimni,
Ko'zlaringdan olib qochaman,
Sen xam endi qalbingni,
Sog'intirib ADO qilaman.
Категория: SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS | Просмотров: 870 | Добавил: G‘anisher | Дата: 09.12.2014 | Комментарии (0)

Sevgi kelib hayotga bir kun,
Insonlarni maftun qilarkan.
Birin qilib zor-u intizor,
Armonlarga tashlab ketarkan.

Bo’lgan ekan shodon malika,
Sevgi ila orzu qilarkan.
Kimlarnidir xor-u zor qilib,
Kimlarnidir bezor qilarkan.

Bir kun kelib bag’ritosh inson,
Egallabdi uning ko’nglini,
Yolg’on sevgi asiri qilib,
Yashiribdi qalbda borini.

Kutar ekan har kun, har soat.
Intizorlik ila toqat qilarkan.
Yo Ollohim, ayirmagin deb,
Yurak bag’rin tilib o’tarkan.

Bir kun kelib shodon malika,
U insondan ko’ngil uzibdi.
U inson “nega?” desa,
Sening yolg’oningdan charchadim, debdi.

Qachon yolg’on gapirdim? deb
O’ylab qoldi bir zum shaxzoda,
Lekin uning faryodi so’nib,
Yolg’iz qoldi u bu dunyoda.
Категория: SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS | Просмотров: 735 | Добавил: G‘anisher | Дата: 09.12.2014 | Комментарии (0)

Sevaman deymanu dardim ichimda,
Qator-qator yoshlar ko'zimda,
Yurak hamon sevgi izmida,
Sevgilim men seni juda sog'indim.

Xayolim doimo senga boshlaydi,
Ko'zlarim doimo seni izlaydi,
Huvillagan ko'nglim neni kezmaydi?
Sevgilim men seni juda sog'indim.

Sog'indim, sog'indim yana sog'indim,
Qancha sog'insam ham chora topmadim,
Faqat chin ko'ngildan baxtingni tilab,
Sevgilim men seni juda sog'indim.
Категория: SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS | Просмотров: 1196 | Добавил: G‘anisher | Дата: 09.12.2014 | Комментарии (0)

Men seni sog’inib zor-zor yig’ladim,
Sevgimni etolmay izhor, yig’ladim,
Rasmingga termulib, bedor yig’ladim,
Hajringda kun-bakun so’rarman bu kun,
Men seni sog’inib o’larman bir kun.

Sevib sevilmagan yuragim manim,
Yor, senga bo’lmasa keragim manim,
Sarobga do’narmi tilagim manim,
Senga iltijolar qilarman bu kun,
Men seni sog’inib o’larman bir kun.

Ishqingda horlarga sarbon bo’layin,
Bir umr qalbingda armon bo’layin,
Ishqing yo’llarida qurbon bo’layin,
She’r bo’lib kirgayman bir kun,
Men sog’inib o’larman bir kun.

Arshi A’lolarga nolam yetmadi,
Seni peshonamga qismat qilmadi,
Qalbingdagi muzlar erib ketmadi,
Men senga baxt tilarman bu kun,
Men seni sog’inib o’larman bir kun
Категория: SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS | Просмотров: 1135 | Добавил: G‘anisher | Дата: 09.12.2014 | Комментарии (0)

Umrimning gullari hazonrang bu kun
Yorug' kun ko'rinmas, adoqsiz bu tun.
Meni qiynayotgan savolim bitta-
Sevganim yo'q seni unutish uchun!
Категория: SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS | Просмотров: 798 | Добавил: G‘anisher | Дата: 09.12.2014 | Комментарии (0)

Dunyoda hammaning tutgan yo’li bor,
Kimlardir yolg’iz-u, kimning jufti bor.
Barcha totlining ham achchiq ham sho’ri
bor,
Sevgida hammasi tumonat, do’stim.

Birov hijronidan kuyadi bugun,
Kimdir razolatdan olay deydi hun.
Sen nolib so’rama: “Bu azob nechun?”
Muhabbatga kerak matonat, do’stim.

Ko’zlarni yuvadi o’rtangan yoshlar,
Gohida ko’ngilga otilar toshlar.
Bo’ysinib egilur ne mag’rur boshlar,
Sevgini anglash ham mahorat, do’stim.

Sevgan muhabbatdan oladi saboq,
Muzlagan yurakni qiladi qo’rqoq.
Sen ham sevib qolsang, hayotga tik boq,
Bilsang, muhabbat ham jasorat, do’stim.

Tunlar uyqularing olib ketadi,
Oshiqni yo yetuk, yo xor etadi.
Ko’zga intizorlik solib ketadi,
Ishq maqtov, gohida haqorat, do’stim.

Sevgining qo’lidan tutgancha mahkam,
Dardli yuragingga so’rasang malham.
Shunda qo’yajaksan bir ... Читать дальше »
Категория: SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS | Просмотров: 598 | Добавил: G‘anisher | Дата: 09.12.2014 | Комментарии (0)

Nega derlar insonni yig'latar muhabbat,
Oxiri derlar bir alamli sog'inch faqat.
Devonalar qilarkan ishqning o'tli sharobi,
Izlariga ko'z tikib oqararkan majnunning
sochi.
Roziman yuragim qolsa xam azoblarda,
Agar sevganim bir umrga bo'lsa yonimda.
Категория: SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS | Просмотров: 753 | Добавил: G‘anisher | Дата: 09.12.2014 | Комментарии (0)

Yillar o’tib balki sen nogoh
Albomingni ochib ko’rarsan
Shunda chiqib ko’ksingdan bir oh
Suratimga mayus boqarsan

Balki hech ham yig’lay olmassan
Qotib qolsa shunda yuraging
Balki sekin kulib qo’yarsan
Bormi deya endi keraging

Ko’zlaringdan yosh tomchilasa
Bahtiyorman meni sevgansan
O’tti yoshlik ahir u bebosh
Hayr endi unut degansan

Ko’p o’ylama meni azizim
Ne foyda bor hadeb o’ylashdan
Endi tezda unutgil meni
O’zga yorni topgin sen Ishqdan
Категория: SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS | Просмотров: 799 | Добавил: G‘anisher | Дата: 09.12.2014 | Комментарии (0)

Yostig‘im qatiga taxlab
sog‘inchni,
Armonni chalg‘itib, yonlab
o‘taman.
Bir yerga jamlolmay hayol –
notinchni,
Men hanuz kimnidur intiq
kutaman.
Daraxtlar bargini to‘kmoqda, illo,
Ko‘klamning ko‘kida qolgandi
umid.
Bunchalar shitobsan shoshqaloq
dunyo,
Yongan yuragimga taskining
shumi?
Yomg‘irlar ostida ividi orzu,
Falakning faryodi ko‘chdi dilimga.
“Qayt” deb yolvormoqda
mung‘aygan tuyg‘u,
G‘arib tashlab ketgan maxzun
kunimga.
Sharpalar izg‘iydi buzib sukutni,
Tunlarni tund etib, tongga
yetaman.
Quyoshning nuriga belab
shukuhni,
Men hanuz kimnidir intiq
kutaman.
Категория: SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS | Просмотров: 731 | Добавил: G‘anisher | Дата: 07.12.2014 | Комментарии (0)

Do'st toptim yor toptim bazida dushman
Ular kim o'rningiz bosolmas xech xam
Bu dunyoda siz yo'qsiz ko'zlarimda nam
Bu dunyoda tanxo, yagonam onam.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Qani endi xayotda bo'lsangiz xozir
Bolam deb erkalab aytsangiz xozir
Yaxshi farzand bo'ldimmi bilmayman o'zim
Bu dunyoda tanxo, yagonam onam
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Yuzlarim kulsada lekin bag'rim yosh
Sizdan boshqa xechkim bo'lolmas sirdosh
Sardor sizni sog'indi qabrizga qoyib bosh
Bu dunyoda tanxo, yagonam onam
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Olloxga bir nolam jannati bo'ling
Muhammad oldida ummati bo'ling
Bir marta bo'lsada tushumga kiring
Bu dunyoda tanxo, mehribon onam.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Категория: OTA-ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR | Просмотров: 687 | Добавил: G‘anisher | Дата: 07.12.2014 | Комментарии (0)

Olislarga uchib ketsam,
Osmonlarni quchib ketsam,
Yodingdan ham ko’chib ketsam,
Meni eslarmikansan?

Quyosh bo’lsam oy bo’lsam,
Tuproq bo’lsam, loy bo’lsam
Erta-indin men o’lsam,
Meni eslarmikansan?

Gullar chiroy ochganda,
G’am alamlar qochganda,
Quyosh nurin sochganda
Meni eslarmikansan?

Bo’ysiz gul og’ushlasang,
Tikanli gul ushlasang,
She’rim shunda hushlasang-
Meni eslarmikansan?
Категория: SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS | Просмотров: 833 | Добавил: G‘anisher | Дата: 07.12.2014 | Комментарии (0)

Bu dunyoda xar narsani uvoli
bor
Xar yigitni bir sevgani chin yori
bor
Men ham sevdim yuzlarida
anori bor
Lek sevgimni shu go'zalim uvol
qildi
Go'zalimni erkalatib gulim
derdim
Go'zalligi tengsiz edi gulim
derdim
Alam qildi sevgim uvol bag'rim
tildim
Lek sevgimni shu go'zalim uvol
qildi
Nima qilay telbalarcha sevar
edim
Telba yurak otashida onar edim
Bir kun shunday bo'lishini
bilmas edim
Lek sevgimni shu go'zlaim uvol
qildi
Borib ayting sevgimni she'r qildi
qalam
Borib ayting SARDOR sevar chin
xali ham
Ey Shohsanam bu qilig'ing qildi
alam
Lek sevgimni shu go'zalim uvol
qildi
Категория: SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS | Просмотров: 768 | Добавил: G‘anisher | Дата: 07.12.2014 | Комментарии (0)

Ey do’st, murodingdan ayrilma,
Ey yor, vafodoringdan ayrilma.
Ey gul, bulbulingdan ayrilma,
Toki sen dunyoda bir tug’ilgansan.

Ey go’zal, jamolingdan ayrilma,
Ey bahor, ko’klamingdan ayrilma.
Ey inson, baxtingdan ayrilma,
Tug’ilgansan toki sen bir bor.
Категория: SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS | Просмотров: 644 | Добавил: G‘anisher | Дата: 07.12.2014 | Комментарии (0)

Mayus nigohlaring kulgularing
yo'q,
Dunyoni bilmaysan qayg'ularing
yo'q.
Ko'nglimni og'ritar to'yg'ularing
yo'q,
Seni jondan sevsam sevgilaring
yo'q.
Yodimda ajoyib damlar o'tgani,
Birgalashib chidagan g'amlar
o'tgani.
Qo'ling bermading mahkam
tutgani,
Seni jondan sevsam sevgilaring
yo'q.
Ilk bor bahorda tanishgan edik,
Chiroyli gullarni ulashgan edik.
Xayirlashdik bir kun ko'ngilda
xadik,
Seni jondan sevsam sevgilaring
yo'q.
O'zga bir insonga qo'ydilar
bog'lab,
Dunyodan yuz burding qattiq
g'azablab.
Yashayapsan endi meni azoblab,
Seni jondan sevsam sevgilaring
yo'q.
Gulim nigohlaring g'amgin
bo'lmasin,
Oq libos keyib bo'loqol kelin.
Bir kuni aytaman bir so'zim
tag'in,
Seni jondan sevsam sevgilaring
yo'q
Категория: SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS | Просмотров: 1086 | Добавил: G‘anisher | Дата: 07.12.2014 | Комментарии (0)

Sevgim bilib qiynadi,
Yuragimni tig'laydi.
Bu g'arib urgan yuragim,
Boy qizi bir tinglolmadi.
Boraman uyi tamon,
Yuragim ichmoqda qon.
Baland uyin oynasidan,
Boy qizi boqar qayon.
Boylig kelar va ketar,
Bu g'arib kunim bitar.
Yashab tursa odamlar,
Ollox omadin berar.
Sevdim sevilmasam xam,
Baxtim tutolmasam xam.
Boy qizining qalbiga,
Bir yöl topolmasam xam.
Baland uchar turnalar,
Yuragim ming tirnalar.
Bu muhabbat bog'ida,
Boy qizi sevgim qaytarar.
Baxtga boylik kerak emas,
Yo baland bino kerak emas.
Yor vaslidan bölak oshiqqa,
Tillodan taxt kerak emas.
Категория: SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS | Просмотров: 809 | Добавил: G‘anisher | Дата: 07.12.2014 | Комментарии (0)

« 1 2 ... 27 28 29 30 »

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Август 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019