Урр-а-а!

Қичқирар, бўғилар ярим тунда у,

Хотини даҳшатдан туради сапчиб.

У эса эмаклар, (эмаклайди тун),

Елкада ярадор дўстин опичиб.

Тун уйқусирайди,

Тун бақиради:

«Батальон, орқамдан!”

Инграйди аста.

Кимнидир бўғилиб у чақиради.

Эски яраларнинг куйи остида

Ва яна олдинга, яна олдинга,

Мушт бўлиб тугилар титроқ қўллари.

Хира қорачиқдан кинолентадек

Ўта бошлар олис уруш йўллари.

Хотини уйғотар…

Бироқ урушнинг

Ваҳмидан қутулиб кетолмас қалби.

Қўлда папироснинг рангин қутиси

Ғижимланар сўнгги обойма каби.
Категория: 9-MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI UCHUN SHERLAR | Просмотров: 365 | Добавил: Admin | Дата: 30.01.2019 | Комментарии (0)

1999 yili 9 may kuni O’zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9 may Xotira va qadrlash kuni deb nishonlanmoqda. Ushbu bayram keng ma ‘noga ega bo’lib, u mustaqil O’zbekistonda asrlar davomida qaxramona, o’lkamizni ximoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag`ishlanish bilan bir qatorda u umumxalq hotirasi va insonni qadralash kuni hamdir. Xotira va qadrlash kuni chinakam milliy-umumhalq bayramidir, bu kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan habar oladilar, katta yoshlilarni ziyorat qiladilar va ularga alohida izzat ko’rsatiladi.
Категория: 9-MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI UCHUN SHERLAR | Просмотров: 316 | Добавил: Admin | Дата: 30.01.2019 | Комментарии (0)

Xotira – ajdodlarga yuksak xurmat va extirom ifodasi. Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug` deganlaridek, Prezidentimiz tomonidan istiqlolning ilk yillaridan el-yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulug`lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor xalqimizning ana shunday o`lmas qadriyatlari, bebaxo ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda. Ikkinchi jaxon urushida jasorat ko`rsatgan, olovli maydonlarda o`z yurtining tinchligi va ozodligi, oilasi, farzandlarining xotirjamligi uchun kurashgan insonlar mudom xalqimiz ardog`ida beayov janglarda jon fido qilgan bobolarimiz xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi. Bugun oramizda yashayotgan 5 ming 400 nafardan ziyod Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilariga davlatimiz tomonidan xar tomonlama e’tibor va g`amxo`rlik ko`rsatilmoqda.Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 18-aprelda qabul qilingan "Ikkinchi jaxon urushi qatnashchil ... Читать дальше »
Категория: 9-MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI UCHUN SHERLAR | Просмотров: 317 | Добавил: Admin | Дата: 30.01.2019 | Комментарии (0)

“9-May Xotira va qadrlash”

Kuniga bag`ishlab o’tkazilgan “Xotira-muqaddas, Xotira-sharaf” nomli tadbir senariysi.
Tarbiyachi: Bizning tinch, baxtiyor yashashimiz uchun hamda yurtimiz mustaqilligi uchun kurashgan va bu yo’lda jonini fido qilgan insonlarni hurmat bilan tilga olamiz. Ularning xotirasini abadiylashtirish uchun butun respublikamizda, shu jumladan, poytaxtimiz Toshkentda ham bog` va xiyobonlar bunyod etildi.
Ana shunday ziyoratgohlardan biri Mustaqillik maydonida joylashgan. Maydon to’rida motamsaro ona haykali turibdi. Vatan himoyasi uchun farzandlarini jangga yo’llagan onalarimiz ramzi bo’lan bu haykal urushda qurbon bo’lgan minglab onalarni eslatadi.
1-bola: Poytaxtimizda ana shunday maydonlardan yana biri “Shahidlar xiyoboni” dir.
2-bola: Bu yerda yurtimizning ozodligi uchun kurashgan va bevaqt qatl etilgan Abdulla Qodiriy, Fitrat, Usmon Nosir, Cho’lpon kabi bobokalonlarimiz nomi bitilgan ramziy qabri bor. Bu joydan odamlar arimay ... Читать дальше »
Категория: 9-MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI UCHUN SHERLAR | Просмотров: 314 | Добавил: Admin | Дата: 30.01.2019 | Комментарии (0)

Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.

Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi
Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘.

To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga,har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli!
Категория: 9-MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI UCHUN SHERLAR | Просмотров: 330 | Добавил: Admin | Дата: 30.01.2019 | Комментарии (0)

9 - May "Xotira va Qadrlash kuni"
Har bir yoshning oldida turgan asosiy maqsadlaridan biri, o'z tarixini bilish, o'rganishdir. Agarda buyuk tariximizga nazar solsak, 1941-1945 yillardagi 2 - jahon urushi davrida, o'zbekning mard o'glonlari, ona Vatan uchun, oila - farzandlar uchun o'z jonini fido qilib, janglarga kirishishganligi yodimizga tushadi. BU yil g'alabaga erishganimizga 64 yil to'ldi. Mana hozirgi kunga kelib, O'zbekiston deb nomlanmish ona - Vatanimiz MUstaqil.Bugungi kunda biz yoshlarga keng qamrovli imkoniyatlar yaratib berilmoqda, bu albatta uzoq tarixdagi janglarda bo'lgan jasoratlar yutug'idir. "XOtira va Qadrlash kuni" ekan, Vatan tinchligi uchun kurashib, o'z jonini fido qilgan ota - bobolarimizni xotirlashimiz, yaqinlarimizni esa qadrlashimiz lozim. Qadr - qimmat esa eng avvalo, Ona - Vatanga bo'lsa xato bo'lmaydi. Yurtboshimiz aytganlaridek "Kelajak yoshlarning qo'lida" ushbu gap orqali, bizlarga ishonch bildirilayotgan ekan, biz ana shunday tinchlik hukmronl ... Читать дальше »
Категория: 9-MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI UCHUN SHERLAR | Просмотров: 297 | Добавил: Admin | Дата: 30.01.2019 | Комментарии (0)

Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.

Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi
Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘.

To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga,har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli!
Категория: 9-MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI UCHUN SHERLAR | Просмотров: 335 | Добавил: Admin | Дата: 30.01.2019 | Комментарии (0)

close